Aprel oyida foydali boʻladi:
Zargarlik fabrikasi – QQS toʻlovchi zargarlik buyumlarini sotadi.
Ular aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻlib, aksiz stavkasi 25 %ni tashkil etadi (2019 yil 9 dekabrdagi 589-son Qonunga 8-ilova).
Ushbu turdagi bitta mahsulotning ulgurji narхi soliqlarsiz 2 000 ming soʻmni tashkil etadi.
Bitta mahsulot uchun aksiz soligʻi miqdori 500 ming soʻmni tashkil etadi (2 000 х 25 %).
QQS boʻyicha soliq solinadigan baza 2 500 ming soʻmni tashkil etadi (2 000 + 500), undirilgan QQS summasi esa 375 ming soʻmni tashkil etadi (2 500 х 15 %).
Shunday qilib, mahsulotning sotish narхi 2 875 ming soʻmni tashkil etadi (2 000 + 500 + 375).
Bitta mahsulotning ishlab chiqarish tannarхi 1 300 ming soʻm.
Hisob-fakturani quyidagi tarzda toʻldiring: