Davstatqoʻmning yangi “Statistika” integratsiya qilingan tizimi kimga kerak boʻlishi mumkin

preview

Davstatqoʻm “Statistika” integratsiya qilingan tizimini sinov rejimida ishga tushirdi (siat.stat.uz). Tizim elektron tarzda axborot va meta ma’lumotlarni almashish uchun SDMX xalqaro standarti talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. 

Shubhasiz, tizim biznesni oʻz oʻzidan emas, balki hisob-kitoblar bilan tashkil etish yoki rivojlantirishga yondashadiganlar uchun foydali boʻladi. 

Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

 

Portalda bepul foydalanish imkoniyati bilan 1 000 dan ortiq rasmiy statistika koʻrsatchiklari joylashtirilgan. Ularni 5 ta turli formatda yuklab olish mumkin – Excel, PDF,CSV, JSON (API), XML (API).

Tizimda jami 5 ta boʻlim mavjud:

1) asosiy ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar;

2) demografik va ijtimoiy statistika;

3) iqtisodiy statistika;

4) ekologik va tarmoq statistikasi;

5) soʻnggi 30 yil uchun makrokoʻrsatkichlar.

 

Koʻp hisobotlarni nafaqat matn yoki jadval shaklida, balki gistoramma, kartogramma, grafiklar, hududlar va davrlar kesimida solishtirma tahlil, nisbatlarning foizlarda hisob-kitobidan foydalangan holda olish mumkin.

Misol uchun, “Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha yuridik shaxslarning xodimlariga hisoblangan oʻrtacha oylik nominal ish haqi” hisoboti boʻyicha solishtirma tahlilning bir qismi bunday koʻrinishga ega:

 

Portal sinov rejimida ishlaydi. Agar undan foydalanish jarayonida muammolar yuzaga kelsa, Davstatqoʻm huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasiga Call-markaz: (71) 203-80-00 orqali murojaat qiling.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text186940_davstatqumning_yangi_statistika_integraciya_qilingan_tizimi_kimga_kerak_bulishi_mumkin