Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona avtokredit shartnomalari boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatadi. Uch tomonlama shartnoma boʻyicha xaridor bizga vositachilik foizlarini toʻlashi kerak. Biroq hamma xaridorlar ham ularni oʻz vaqtida toʻlashmaydi. Bu holda nima daromad deb e’tirof etilishi lozim – shartnomada koʻrsatilgan vositachilik foizlarimi yoki haqiqatda olingan foizlarmi?”.
Savolga “Norma” eksperti Mirjalol MIRFAYoZOV javob berdi:
– Daromadlar va xarajatlar toʻlangan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida aks ettiriladi
.
Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo boʻlishiga qarab (pul mablagʻlarini olish yoki toʻlash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi
.
Soliq solish maqsadlarida daromadni e’tirof etish sanasi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq aniqlanadi
.
Operatsiyalar amalga oshirilganligi holatini qayd etuvchi boshlangʻich hisob hujjatlari xoʻjalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos boʻladi, koʻrib chiqilayotgan holatda – vositachilik xizmatlari koʻrsatish holati
.
Mijoz xizmatlaringiz uchun toʻlovni amalga oshirgan yoki oshirmaganligidan qat’i nazar, vositachilik xizmatlari boʻyicha daromadni siz ular koʻrsatilgan paytda e’tirof e’tishingiz kerak. Ushbu payt boshlangʻich hisob hujjatlari: hisobvaraq-faktura, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, NKM va /yoki toʻlov terminali cheklari va hokazo bilan tasdiqlanadi.
Ya’ni xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi hujjat rasmiylashtirilgan kunda siz vositachilik haqi summasida daromadni e’tirof etasiz. Xizmatlarning toʻlanmagan qismi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda debitorlik qarzi sifatida aks ettiriladi (4000-“Olinadigan schyotlar” schyotlar guruhi).
- Alohida hollarda realizatsiya qilishdan koʻrilgan daromadni aniqlash;
- Tovarlarning vositachilik shartnomasi boʻyicha sotilishi qanday hisobga olinadi;
- Vositachilik shartnomasi boʻyicha tovarlar sotilgan paytda chegirmalar qanday hisobga olinadi;
- QQS boʻyicha hisobotda vositachilik operatsiyalarini aks ettirish;
- Standart EHF qanday rasmiylashtiriladi.
![]()