2023 yilda yer soligʻi qanday stavkalar boʻyicha toʻlanadi

preview

DSQ qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi stavkalarini e’lon qildi. Idoraning saytida e’lon qilingan jadvalda yuridik va jismoniy shaхslar uchun yakuniy soliq stavkalaridan tashqari, bazaviy stavkalar, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud.

 

Eslatib oʻtamiz

20 yanvar:

  • 2023 yil uchun qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha hisobotni taqdim etishning soʻnggi ;
  • 2023 yil yanvar oyi uchun qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni. 

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan yer soligʻi har chorakning uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi .

Soliq toʻlovchilar joriy yilning 20 yanvaridan kechiktirmay yer uchastkasi joylashgan yeri boʻyicha soliq organiga quyidagi shakllar boʻyicha hisobotni joʻnatishlari kerak:

  • aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun –10510_20-sonli shakl;
  • boshqa tashkilotlar uchun – 10510_21-sonli shakl.

Yer uchastkalari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar hisobotni topshirishdan oldin ushbu yerlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani 10510_03-sonli shakl boʻyicha joʻnatadilar.

Misol
4-iqtisodiy zonadagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan uchastka uchun yer soligʻini hisob-kitob qilish
Yer uchastkasining umumiy maydoni (egalik qiluvchi – yuridik shaхs, Yashnobod tumani Amir Temur mahallasi, 4-iqtisodiy zona) – 1 100 kv. m.

Mazkur hudud uchun soliq stavkasi koeffitsiyentni hisobga olgan holda 1 kv. m uchun  862,4 soʻmni tashkil etadi.

Mazkur korхonaga 2023 yil uchun hisoblangan yer soligʻi summasi 1 100 х 862,4 = 948 640 soʻmni tashkil etadi.

Soliq avtomatik tarzda hisoblab chiqariladi.

Jismoniy shaхslar 2023 yil uchun toʻlov miqdori bilan Soliq mobil ilovasida yoki my.soliq.uzdagi soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetida tanishishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz
Soliq davri uchun soliqni toʻlash jismoniy shaхslar tomonidan 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi .

Manbaga qarang.

 

 

Yer soligʻi Yer soligʻi Yer soligʻi /oz/publish/doc/text187382_2023_yilda_er_soligi_qanday_stavkalar_buyicha_tulanadi