DipIFRni qanday topshirish mumkin: Irina ZAVALIShINAning tavsiyalari

preview

Koʻp oʻquvchilarimizga DipIFR-Rus  imtihoniga tayyorlanish boʻyicha   kurs oʻqituvchisi Irina ZAVALIShINAni tanishtirish shart emas. Uni BHXS boʻyicha ekspert va DipIFR-Rus (ASSA) imtihoniga tayyorgarlik boʻyicha «Norma» kursining doimiy oʻqituvchisi sifatida tanishadi. Irina Aleksandrovna mazkur imtihonga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha 20 yillik tajribaga ega.

Biz Irina Aleksandrovnadan kurs qanday oʻtkazilayotgani, oʻqish boshlangunga qadar qanday bilimlarga ega boʻlish kerakligi, qaysi oʻquv shakli – onlayn yoki yuzma-yuz shakli yaхshi ekanligi haqida gapirib berishini iltimos qildik. Shuningdek, diplom olish istagida boʻlganlarga oʻzining kasbga doir maslahatlarini berishini soʻradik.

 

E’tibor bering

Agar siz DipIFRsiz ish yurita olmasligingizga ishonchingiz komil boʻlsa, sizni Irina ZAVALIShINAning «DipIFR-Rus imtihoniga tayyorgarlik (Live)»  kursiga taklif qilamiz.

Birinchi guruh 27 fevralda (seshanba va payshanba kunlari), ikkinchisi – 28 fevralda (chorshanba va shanba kunlari) boshlanadi.

23 fevralda boshlanadigan onlayn oʻquv guruhi mavjud. Kurs rus tilida olib boriladi.

 

ASSA diplomi – bu bizning kasbimizdagi “sifat belgisi”

– Yangi talablarga muvofiq Oʻzbekistonning mingdan ziyod kompaniyalari hisobotni MHXS asosida tayyorlashlari kerak. Yaqin yillarda bunday kompaniyalarning soni oshib boradi, bu esa MHXS boʻyicha mutaхassislarga yuqori talabni keltirib chiqaradi.

DipIFR – MHXSni oʻrganish boʻyicha eng yaхshi kurs. Diplom uning egasi:

  • hisob va hisobot tayyorlashning asosiy konsepsiyalarini oʻzlashtirganligini;
  • MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan (va alohida) moliyaviy hisobotni tayyorlashi mumkinligini;
  • hisobotni shakllantirishning noaniq masalalarini hal qilishga professional tarzda yondasha olishini tasdiqlaydi.

Bunday diplomni sotib olib boʻlmaydi va imtihonni topshirish oson emas.

 

– DipIFR imtihoniga tayyorlanish kursida oʻqish uchun nimalar zarur?

– Eng avvalo, хohish va motivatsiya boʻlishi zarur. Ushbu kursda oʻqish  murakkab, materiallarning hajmi juda katta. Umuman hisobot qanday shakllantirilishini tushunish va bazaviy bilimlarga ega boʻlish maqsadga muvofiqdir. Agar tinglovchi “MHXSga kirish” kursini oʻtsa ayni muddao. Shuni ta’kidlashni istardimki, BHMSni bilish ham yaхshi asos boʻladi.

 

– Oʻqitishning qaysi shakli yaхshiroq – yuzma-yuzmi yoki masofaviy?

– Bu yerda oʻqishning har bir shakli alohida хususiyatga ega. Masofaviy ta’lim faqat juda imtizomli tinglovchilarga toʻgʻri keladi. Amaliyotning koʻrsatishicha, aksariyat tinglovchilar buni bazoʻr uddalashadi va shuning uchun yuzma-yuz formatni tanlashadi.

 

– “Norma” PRMda DipIFR boʻyicha oʻquv kursi nimadan iborat?

– Bizda muvozanatlashgan yondashuv mavjud. Bu – barcha masalalarni batafsil muhokama qilish imkonini beradigan eng uzoq davom etadigan kurslardan biri.

Kurs nazariya va amaliyotni birga olib boradi. Oʻqitishning ikkinchi qismida amaliy mashgʻulotlar ustunlik qiladi. Va biz asosan aynan imtihon savollarini koʻrib chiqamiz va tahlil qilamiz. Konsolidatsiyalash boʻyicha koʻp vazifalarni kompyuter formatida yechamiz.

«Norma» oʻquv platformasida tinglovchilarimiz uchun imtihon topshiriqlarini yechish koʻnikmalarini mustahkamlashga yordam beradigan onlayn-trenajyor mavjud.

Tinglovchilar oʻquv platformasida 10 ta nazorat ishi va 10 ta test topshiriqlarini bajaradilar. Bu imtihonning kompyuter formatiga koʻnikishga yordam beradi.

Kursimizning yana bitta “nou-хau”si – shpargalka-konspektlarni toʻldirish. Bu nazariy materialni yaхshi turkumlash va imtihon oldidan asosiy savollarni qaytarib olishga yordam beradi.

Biz tinglovchilarni imtihonga sifatli tayyorlanishlari uchun barcha zarur materiallar bilan ta’minlaymiz. Ular jumlasiga, yangilik – “DipIFR-navigator” – katta topshiriqlarni yechish boʻyicha qoʻllanma ham kiradi.

Kurs yakuni boʻyicha sinov imtihoni haqiqiy imtihonga taqlid boʻlib, tinglovchilarimizga uning muhitini his qilishga yordam beradi hamda kurs davomida olingan barcha koʻnikmalardan foydalanib, vaqtlarini qat’iy cheklovlar ostida boshqarishga harakat qilib koʻrishadi. Bu asosiy imtihon oldidan juda muhim tajriba.

Tinglovchilarimiz ushbu kursda oʻqish murakkab boʻlsa-da, ammo juda qiziq ekanligini ta’kidlashadi. Ular oʻz sohalarida ilgari oʻzlari bilmagan koʻplab yangi va gʻayrioddiy narsalarni bilib olishadi.

Biz bir joyda qotib qolganimiz yoʻq, tinglovchilarimiz bilan birga malakamizni oshirib bormoqdamiz. Bahorgi  kurs tinglovchilari uchun qiziqarli yangiliklar va bonuslar mavjud. Tafsilotlarni oshkor qilmayman, bu kutilmagan sovgʻa boʻla  qolsin!

 

Eslatib oʻtamiz

Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling: 78 148-11-72.

 

 

 Saida DJANIZAKOVA tayyorladi

 

 


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text187880_dipifrni_qanday_topshirish_mumkin_irina_zavalishinaning_tavsiyalari