Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Kreditga elektromobil sotib olmoqchimiz. Jismoniy va yuridik shaxslar uchun bunday kreditlar boʻyicha qanday imtiyozlar mavjud? Masalan, agar elektromobil toʻgʻridan-toʻgʻri Xitoydan sotib olingan boʻlsa, imtiyozlarni qoʻllash mumkinmi? Yoki ular faqat bunday mashinalarni Oʻzbekistonda sotib olishga nisbatan amal qiladimi? Biz “bojxona” QQS va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim toʻlashimiz kerakmi?”.
Savollarga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Elektromobillarni ishlab chiqarish va foydalanish sohasini Prezidentning quyidagi qarorlari tartibga soladi:
- PQ-443-son – “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
- PQ-444-son – “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
2030 yil 1 yanvarga qadar elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyoz va preferensiyalar amal qiladi
. Aynan: ular mahsulotlarining realizatsiya qilinishini ragʻbatlantirish uchun davlat xaridorlarga respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1 200 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplaydi. Imtiyoz:
1) kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida;
2) respublikada ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillar sotib olingan taqdirda amal qiladi.
2030 yil 1 yanvarga qadar belgilangan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan
:
- elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari (mashinokomplekt);
- xomashyo va materiallar;
- uskunalar va texnologik jihozlar, shu jumladan servis xizmati koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar bojxona bojidan ozod etiladi.
Agar elektromobil chet elda sotib olinsa
2019 yil 1 yanvardan boshlab elektromobillarni (TIF TN kodi 870380) olib kirish uchun bojxona bojining nol darajali stavkasi belgilangan
.
Elektromobilni, shu jumladan – Xitoydan import qilishda xaridor QQS va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim toʻlaydi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab 09.11.2020 yildagi 700-son VMQ bilan belgilangan yigʻimlar stavkalari qoʻllaniladi.
Bundan tashqari, elektromobil (TIF TN kodi 870380) xaridori 02.06.2020 yildagi 347-son VMQga ilovaning III boʻlimida belgilangan miqdorda utilizatsiya yigʻimini toʻlaydi.
Mahalliy elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqaruvchilar 2030 yil 1 yanvarga qadar ushbu yigʻimni toʻlashdan ozod qilingan
.
Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:
![]()