Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma qanday topshiriladi

preview
E’tibor bering
Material jiddiy oʻzgartirishlar bilan takroran e’lon qilinmoqda. 

Soliq toʻlovchilar soliq organlarini kalendar yilda oʻzlari tuzgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart . Ushbu xabarnomaning shaklini aynan qayerdan izlash mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasida tushuntirishdi:

 

– Qanday bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar jumlasiga kirishi SKning 180-181-moddalarida batafsil bayon etilgan.  Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslarning belgilari SKning 37-moddasida koʻrsatilgan.

Xabarnomaning elektron shakli 2022 yilda ishlab chiqilgan va my.soliq.uzda – “Elektron hisobot” boʻlimida, “Boshqa hisobot shakllari”da joylashtirilgan:

  • “Daromadlar chet ellik shaxsga toʻlanganligi toʻgʻrisidagi va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalar” (shakllar paketi kodi 423).

 

“Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma”, shakl kodi (42302_1) 

Ushbu xabarnoma shakli quyidagi varaqlardan (axborotdan) iborat boʻlib, qoʻlda toʻldiriladi:

  • Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma;
  • Soliq toʻlovchi – jismoniy shaxs toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida ma’lumot (bir turdagi bitimlar guruhiga);
  • Bitim predmeti (bir turdagi bitimlar guruhi) toʻgʻrisida ma’lumotlar;
  • Nazorat qilinadigan bitim ishtirokchisi – yuridik shaxs toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Nazorat qilinadigan bitim ishtirokchisi – jismoniy shaxs toʻgʻrisida ma’lumot.

Bundan tashqari, 2023 yil 30 yanvarda my3.soliq.uz saytida sinov rejimida xabarnomaning yangi shakli – reyestrni Excel formatida biriktirish imkoniyati bilan joylashtirildi. Lekin uni haqiqatda faqat 14 fevralda ochishdi. Soliq qoʻmitasi mutaxassislarining tushuntirishlaricha – bu vaqt mobaynida soliq toʻlovchilarda  my.soliq.uzda 42302_1 kodi ostida joylashtirilgan shakl boʻyicha xabarnomani topshirish imkoniyati boʻlgan, xususan, koʻpchilik uni soliq organlariga taqdim etish muddatlarini buzmagan holda, buni amalga oshirishdi.

 

 

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text188572_nazorat_qilinadigan_bitimlar_tugrisida_habarnoma_qanday_topshiriladi