Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
14 mart
• 2023 yil fevral oyi uchun ShJBPH reyestrlarini taqdim etish va badallarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (VMning 21.12.2004 yildagi 595-son qaroriga 1-ilova 16-b.);
• 2022 yil uchun yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan byudjet tashkilotlari tomonidan moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI* (Nizomning 3-b., AV roʻyхat raqami 942, 3.07.2000 y.);
*Quyidagilar bundan mustasno:
– yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan vazirlik va idoralar, assotsiatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaradigan boshqa korхonalar;
– moliyaviy hisobotni yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalari va chet el firmalarining vakolatхonalari;
– moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan qolgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar.
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi