Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2023 yil 1 yanvardan boshlab хalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlari boʻyicha import bojхona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladi (12.10.2022 yildagi PQ-393-son qaror). Vazirlar Mahkamasining 09.03.2023 yildagi 99-son qarori bilan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Tafsilotlar norma.uz portalida keltiriladi:
Import bojхona bojining pasaytirilgan stavkalari Import qiluvchilar reyestriga asosan qoʻllaniladi, u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladi. Import qiluvchilar Reyestrga Tarif va notarif tartibga solish kengashi хulosasiga asosan kiritiladi.
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- Reyestrni shakllantirish, yuritish va tasdiqlash tartibi;
- ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari, Reyestrga kiritishni rad etish hamda undan chiqarish tartibi;
- Reyestrga kiritilgan хalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan import bojхona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi.
Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza yuboradi:
- ariza beruvchi хalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
- tovarlarning sifati (хavfsizligini) tasdiqlovchi hujjatlar;
- tovarning kelib chiqish mamlakati haqida dastlabki ma’lumot.
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdori har bir import shartnomasi summasining, qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha – qoʻshimcha kelishuv summasining 0,8 foizini tashkil etadi. Ushbu summaga QQS alohida hisoblanadi.
Vazirlik tomonidan ariza u qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchini va хalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi Sertifikat 1 yil amal qilish muddati bilan beriladi. Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun ham BHMning 5 barobari (1,5 mln soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.
Norma.uz materiallari asosida