Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Ushbu savolga qonun hujjatlaridagi nomuvofiqliklar tufayli javob berish oson emas. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

– Prezidentning 10.11.2022 yildagi PQ-419-son qaroriga asosan:
1) yuridik shaxslar:
– 2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini;
– soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyatidan ozod etilgan;
2) buxgalteriya hisobi sub’yektlari uchun moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilingan;
3) aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etilgan.
Bunda hanuz Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomga (942-son) tegishli oʻzgartirishlar kiritilmagan. Mazkur Nizom bekor qilinmagan, u amal qilishda davom etmoqda. Natijada korxonalar tomonidan 2023 yilning I choragi uchun moliyaviy hisobotni 2023 yilning 25 apreliga qadar taqdim etish masalasi ochiq qolmoqda, bundan quyidagilar mustasno
:
- choraklik hisobotlarni hisobot choragi tugagandan soʻng 40 kundan keyin taqdim etadigan vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar;
- moliyaviy hisobotlarni bir yilda 1 marta – hisobot yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay taqdim etadigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining vakolatxonalari;
- moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni bir yilda 1 marta hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay taqdim etadigan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan byudjet tashkilotlari;
- moliyaviy hisobotni bir yilda 1 marta hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadigan kichik korxonalar va mikrofirmalar.
Qonunchilik organlaridan yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish va tegishli tushuntirishlarni e’lon qilishni soʻraymiz.
![]()