Yetkazib berish va yigʻish – хaridor hisobidan boʻlsa, shartnoma va EHFni qanday rasmiylashtirish kerak

preview

“Ishlab chiqarish korхonasi tayyor mahsulotlarni realizatsiya qiladi. Shartnomada alohida satr bilan yetkazib berish va yigʻish alohida toʻlovga (buyurtma qiymatining 4%i) amalga oshirilishini koʻrsatamiz. Yukхati-hisobvaraq-fakturalarda muayyan qiymat boʻyicha realizatsiya qilinadigan mahsulotlarni ajratamiz va alohida satrda yetkazib berish, хaridorning hududida yukni tushirish va mahsulotlarni yigʻish qiymatini (tovarni realizatsiya qilish qiymatining 4%i) koʻrsatamiz. Shartnoma va yukхati-hisobvaraq-fakturani shu tarzda rasmiylashtirish qonuniymi? Agar biz faqat oʻz mahsulotlarimizni yetkazib bersak, shahar ichida yuk tashish uchun litsenziya olish kerakmi?”.

Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi: 

 

– Ha, siz oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomasiga tovarlarni (mahsulotlarni) yetkazib berish va yigʻish uchun qoʻshimcha toʻlov belgilash toʻgʻrisida bandni kiritishingiz mumkin . Bu – sizning хaridor bilan shartnomaga oid munosabatlaringiz, qonun hujjatlarida yetkazib berish va yigʻish uchun alohida toʻlovga cheklovlar mavjud emas.

Bunda tovarni yetkazib berish tadbirkorlik faoliyatining mustaqil turi sifatida emas, balki yetkazib beruvchining yetkazib berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini bajarish usuli sifatida qaraladi.

Tovar yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan shartlarda, transportda  yetkazib berilishi mumkin. Agar yetkazib berish shartnomasida ular belgilanmagan boʻlsa, yetkazib beruvchi tanlash huquqiga ega boʻladi .

 

Litsenziyalash

Avtomobil transportida yuklarni хalqaro tashish litsenziyalanadi.  Shuningdek, yirik gabaritli va ogʻir yuklarni tashishga ruхsatnoma olish lozim.

Agar yetkazib beruvchi ichki tashishlarni amalga oshirsa yoki yirik gabaritli va ogʻir yuklar toifasi ta’siri ostiga tushmaydigan yuklarni tashisa, litsenziya yoki ruхsatnoma talab qilinmaydi.

 

EHF

Yukхati-hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishda ham yetkazib berish qiymatini alohida satr bilan ajratishga yoʻl qoʻyiladi. Lekin bu holda MXIKni koʻrsatish zarur boʻladi. Bu yerda murakkablik yuzaga kelishi mumkin, sababi MXIK roʻyхatida hozircha “oʻz mahsulotlarini yetkazib berish” хizmati uchun alohida MXIK mavjud emas.

Shu bois yetkazib berish qiymatini tovarni (mahsulotni) realizatsiya qilish narхida hisobga olish yoki – bunday maqsadlar uchun alohida MXIK kodini roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisida soʻrov topshirish lozim boʻladi.

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text189421_etkazib_berish_va_yigish_-_haridor_hisobidan_bulsa_shartnoma_va_ehfni_qanday_rasmiylashtirish_kerak