9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“MChJ ta’sischisiga vaqtinchalik foizsiz qarz berish mumkinmi? Chorak yakunlari boʻyicha barcha dividendlar toʻlangan, qandaydir cheklovlar yoʻqmi?”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buxgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan treneri Venera MALIKOVA javob berdi:
– Ha, mumkin. Qarz shartnomasining tuzilishi FKning 732-734-moddalari bilan tartibga solinadi.
Yuridik shaxs va jismoniy shaxs oʻrtasidagi qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. U foizsiz boʻlishi yoki qarz summasiga foizlar toʻlanishini nazarda tutishi mumkin.
Quyidagilar manfaatdor boʻlgan vaziyatlarda MChJ ishtirokchilari yigʻilishining roziligisiz bunday bitimlar imzolanishi mumkin emas
:
- jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi;
- jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs;
- jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi manfaatdor boʻlgan;
- oʻz affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining 20 va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi boʻlgan bitimlar MChJ ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz tuzilishi mumkin emas.
Shu bois, direktorga qarz berish masalasini ta’sischilarning umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritish lozim.
Agar jamiyat bitta ta’sischidan iborat boʻlsa, ishtirokchilar umumiy yigʻilishining vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorni u yakkaboshchilik asosda qabul qiladi. Bunday qarorlar yozma ravishda rasmiylashtiriladi
.
Qonunchilikda qarz summasi cheklanmaydi.
Jismoniy shaxs – qarz oluvchi uchun qarz summasi daromad hisoblanmaydi, sababi u qaytarish shartlarida berilgan. Shu bois uning uchun ushbu operatsiya soliq oqibatlariga ega boʻlmaydi. Boz ustiga, jismoniy shaxsda yuridik shaxsdan
farqli oʻlaroq, foizlar toʻlash majburiyatisiz qarz olishda soliq solish maqsadlarida daromad yuzaga kelmaydi.
Agar qarz shartnomasi yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilsa, sizga “Norma” ekspertlari hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislarining tavsiyalari asqotishi mumkin:
![]()