Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
ChEK-VARAQ: hisobvaraq-fakturalar va cheklarda MXIKdagi xatolarga qanday yoʻl qoʻymaslik kerak
MXIK – elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKT cheklarining muhim rekviziti. MXIK bilan bogʻliq xatolar va ularning oqibatlaridan qochish uchun FMO mutaxassislari yordamida tuzilgan bizning chek-varagʻimizdan foydalaning:
Muhim materiallarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!
Biz unda barcha yangi yoki yangilangan materiallarning e’lonlarini chop etamiz.
1. Toʻgʻri MXIKni koʻrsatganingizga ishonchingiz komil boʻlmaguncha EHFni imzolamang.
MXIK toʻgʻri hisoblanadi, agar:
- tasnif.soliq.uzning joriy versiyasiga muvofiq boʻlsa;
- realizatsiya qilinayotgan tovarga (xizmatga) muvofiq boʻlsa;
- hujjatda xatolarsiz koʻrsatilgan boʻlsa.
MXIK tovarning ishlab chiqaruvchidan (import qiluvchidan) yakuniy iste’molchiga qadar butun yoʻli davomida oʻzgarmaydi.
Qanday qilib tasnif.soliq.uz funksionali yordamida toʻgʻri MXIKni tanlash va qachon yangi MXIK uchun ariza berish ma’noga ega boʻlishini “MXIK: oʻlchov birliklari, imtiyozlar va tasnif.soliq.uz funksionali bilan qanday ishlash kerak” vebinarida batafsil koʻrib chiqamiz.
Boshlanishi – 2023 yil 31 may kuni soat 10:00 da. Havola boʻyicha yozilish mumkin.
2. Tasnif.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetda “Tanlangan MXIK” roʻyxatini shakllantiring:
- “Tanlangan MXIK” ilovasida “Kiruvchi EHFdan “Tanlangan MXIK”ga qoʻshish” funksionalini yoqing;
- roʻyxatni soliq ma’muriyatchiligi uchun zarur boʻlgan, ishlab chiqarilayotgan tovarlar (xizmatlar) uchun kerakli MXIK bilan toʻldiring. Buning uchun tasnif.soliq.uzda tegishli MXIKni toping va uning yonidagi “Tanlanganga qoʻshish”ga bosing.
3. Hisobvaraq-fakturalarda “MXIK” ustunini toʻldirish chogʻida chiqib keladigan tavsiyadan foydalaning. Unda tasnif.soliq.uzdagi sizning “Tanlangan MXIK” roʻyxatingizdan barcha MXIK aks ettiriladi.
4. Onlayn-NKT uchun tovarlar va xizmatlar roʻyxatini tasnif.soliq.uzda yaratilgan sizning “Tanlangan MXIK” roʻyxatingiz asosida shakllantiring.
Agar sizning onlayn-NKT MXIKni tasnif.soliq.uz bilan muvofiqligini avtomatik tarzda tekshirilishini qoʻllab-quvvatlamasa (tugmali onlayn-NKM), albatta, hech boʻlmaganda, haftada bir marta MXIKni tekshirish dasturini ishga tushiring va xotiradagi tovarlar roʻyxatini yangisiga almashtiring.
5. Agar rasmiylashtirilgan hujjatlarda MXIKdagi xatoni aniqlagan boʻlsangiz, uni tuzating:
- hisobvaraq-fakturalarda – tuzatilgan EHF rasmiylashtirgan holda;
- onlayn-NKT cheklarida – my3.soliq.uzdagi “Nazorat-kassa texnikasiga doir axborot” interaktiv xizmatining chekka tuzatish kiritish uchun funksionali yordamida. Basharti onlayn-NKT cheki vositachi, marketpleys yoki elektron toʻlov tizimi tomonidan berilgan boʻlsa, tovarni sotgan sotuvchilar mazkur funksional yordamida MXIKni mustaqil ravishda tuzatishlari mumkin.
Oleg GAYeVOY