Muvofiq keladigan MXIK kodi boʻlmasa, nima qilish kerak

preview

“Agar kerakli kod topilmagan boʻlsa, ariza qoldiring” – ushbu ibora tasnif.soliq.uz bilan ishlaydigan barchaga tanish. Berilgan arizadan qanday natijani kutish mumkinligi va qachon uni berishdan ma’no boʻlishi haqida “Yangi texnologiyalar” IAMning “Fiskal ma’lumotlar operatori” filiali direktori Sherzod TEShEBAYeV MXIK haqida boʻlib oʻtgan vebinarda gapirib berdi:

Vnimaniye
MXIK toʻgʻrisida barcha yangi tushuntirishlarni koʻrish uchun bizning kanalimizga obuna boʻling!

 

– Biz uchun MXIK boʻyicha har bir ariza muhimdir. Ular bizga bir tomondan – soliq toʻlovchining muayyan muammosini hal qilishga, boshqa tomondan – MXIK kodlari va tasnif.soliq.uz sayti funksionalini takomillashtirishga yordam beradi.

Arizani soʻrovnomani toʻldirgan holda qoldirishingiz mumkin, siz uni:

1) qidirish savollariga javob berib, lekin natijada MXIKni topmagan holda;

yoki

2) tasnif.soliq.uz bosh sahifasidan “Agar kerakli kod topilmagan boʻlsa, ariza qoldiring” xabariga havola boʻyicha soʻrovnomani toʻldirishga oʻtgan holda koʻrishingiz mumkin.

Soʻrovnomaning turiga bogʻliq holda (tovarlar uchun yoki xizmatlar uchun) sizda toʻldirish uchun ustunlar soni har xil boʻladi. Tovarlar uchun savollar roʻyxati bunday koʻrinishga ega:

a) foydalanuvchining telefon raqami;

b) soʻralayotgan mahsulot boʻyicha guruh, sinf va pozitsiya toʻgʻrisida ma’lumotlar;

v) mahsulotning nomi, brendi va rusumi (atributi) (mavjud boʻlsa);

g) mahsulot toʻgʻrisida batafsil axborot (ishlab chiqarish materiali, qoʻllash sohasi, maqsadi va hokazo);

d) TIF TN kodi (import qilingan mahsulot uchun);

ye) shtrix-kodi (mavjud boʻlsa);

j) oʻlchov birligi va qadogʻi;

z) tovarning fotosurati;

i) Soliq kodeksi yoki boshqa NHHga asosan soliq imtiyozlarining mavjudligi yoki mavjud emasligi (aniq hujjatni koʻrsating).

Agar sizda bunday axborot boʻlmasa, “TIF TN kodi” va “shtrix-kodi” ustunlarini toʻldirmasangiz boʻladi. Ammo soʻrovnoma qanchalik batafsil va aniq toʻldirilsa, natija shunchalik sifatli boʻladi.

Xodimlarimiz soʻrovni 5 ish kuni ichida koʻrib chiqishadi, biroq javobni tezroq beramiz... Bu soʻrovning murakkabligiga bogʻliq. Tovarni tasniflash uchun oʻrganib chiqishga vaqt qanchalik koʻp talab qilinsa, ariza shunchalik uzoq muddat koʻrib chiqiladi.

 

Qachon sizga yangi MXIKni shakllantirib berishadi

Koʻpincha mutaxassislarimiz pirovardida soliq toʻlovchiga bazada mavjud MXIKdan keraklisini tanlashga yordam berishadi.

Quyidagilar tufayli foydalanuvchilar qidirish chogʻida muammolarga duch kelishadi:

1) klassifikator tuzilmasiga yaxshi moʻljal olishmaydi.

Misol uchun, umumiy ovqatlanish korxonasi MXIKni taom nomlari boʻyicha qidirishi mumkin – “palov”, “manti”, “kabob”... Ammo ushbu guruh uchun MXIKda biz bunday batafsillashtirishdan voz kechdik, sababi bu soliq ma’muriyatchiligi uchun ma’noga ega emas.

Hozir umumiy MXIK mavjud:

  • “umumiy ovqatlanish shoxobchasida tayyorlangan salatlar”;
  • “umumiy ovqatlanish shoxobchasida tayyorlangan asosiy taomlar”;
  • “umumiy ovqatlanish shoxobchasida tayyorlangan fast-fudlar” va hokazo;

2) klassifikatorda tovar yoki xizmat soliq toʻlovchi koʻnikkani kabi nomlanmaydi.

Bunday vaziyat juda koʻp uchraydi, shu bois biz hozir sinonimlari boʻyicha ham qidirish mumkin boʻlishi uchun qidirish tizimini takomillashtirish ustida ishlayapmiz.

Yangi MXIKni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror faqatgina bozorga yangi tovar yoki xizmat chiqarilib, klassifikatorda ular uchun muvofiq keladigan hech qanday MXIK mavjud boʻlmagan taqdirda qabul qilinishi mumkin. Ammo bu – ancha kam uchraydigan holat...

 

Qachon tovar brendi va atributlari koʻrsatilgan MXIK kerak

2023 yilning yanvar oyidan boshlab bunday MXIKni berish tartibi oʻzgardi. Ilgari “000 000” bilan tugamagan MXIKni barcha shtrix-kodli tovarlar olishgan. Ammo tahlilning koʻrsatishicha, soliq ma’muriyatchiligi tizimida tovarlar va xizmatlarning bunday batafsillashtirilishiga ehtiyoj yoʻq. Hozir bunday MXIK faqat majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarga beriladi.

Agar klassifikatorda shtrix-kodli tovar uchun MXIK mavjud boʻlsa, undan yoki oxirida “000 000” mavjud boʻlgan MXIKdan foydalanish mumkin – xato boʻlmaydi. Agarda EAN shtrix-kodli tovarni ishlab chiqaruvchi hozir tovarlarning brendi va atributlarini hisobga oluvchi MXIKni olish yuzasidan murojaat qilsa – unga rad etishadi va ushbu tovarlar guruhi uchun – oxirida “000 000” mavjud boʻlgan oʻzakli MXIKdan foydalanishni tavsiya qilishadi.

E’tibor bering
Siz “MXIK: oʻlchov birliklari, imtiyozlar va tasnif.soliq.uz funksionali bilan qanday ishlash kerak” vebinari yozuvini koʻrgan holda MXIK boʻyicha yanada koʻproq foydali axborot olishingiz mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Tovar va xizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, xizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va xizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va xatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text190963_muvofiq_keladigan_mhik_kodi_bulmasa_nima_qilish_kerak