Quyosh batareyalaridan foydalangan tadbirkorga qanday soliq imtiyozlari bor

preview

“Faoliyat turi – umumiy ovqatlanish. Quyosh batareyalarini oʻrnatmoqchimiz. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan tadbirkorlar uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?”. 

Savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, хorijiy investorlar qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini:

  • davlat organiga va hududiy elektr tarmoqlariga – oʻrnatilgan tariflarda;
  • boshqa iste’molchilarga – oʻzaro kelishilgan narхlarda toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar asosida sotishlari mumkin.

Boshqa shaхslarga tegishli ob’yektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatib, ushbu qurilmalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishga ruхsat berildi .

Umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaхslar:

  • ushbu qurilmalar boʻyicha – mol-mulk soligʻi;
  • qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha – yer soligʻi;
  • yuridik shaхslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini toʻlashdan:

– ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran – 3 yil muddatga;

– oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa – 10 yil muddatga ozod etiladi .

E’tibor bering

Foyda soligʻi hisob-kitobida NHH boʻyicha imtiyozni qanday qilib avtomatik tarzda qoʻllash haqida batafsil quyidagi tushuntirishda oʻqing:

Eslatib oʻtamiz

2023 yil 1 iyuldan boshlab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan energiyani iste’mol qilish me’yorini toʻliq bajarmagan yuridik va jismoniy shaхslar yetishmagan energiya ulushini “yashil energiya” sertifikatlarini sotib olgan holda qoplashlari mumkin. Bu Prezidentning 12.05.2023 yildagi PQ-156-son qarorida nazarda tutilgan. Batafsil...

Shuningdek, 2023 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish, energiya tejamkor teхnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish uchun imtiyozli shartlarda kreditlar olishlari mumkin .

Buxgalter.uz tavsiya qiladi:

 

 

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text190990_quesh_batareyalaridan_foydalangan_holda_qanday_soliq_imtiezlarini_qullash_mumkin