Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Agar ishlab chiqaruvchi tovarni “dona” oʻlchov birligiga ega va kamroq sigʻimdagi qadoqda shakllantirish imkonini bermaydigan identifikatsiyalovchi MXIK (oxirgi 6 ta raqami – nollar emas) bilan katta sigʻimdagi iste’mol qadogʻida sotsa, tovarni qanday qilib tortib sotish mumkin?
Chakana savdo sub’yekti bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishi lozimligini buxgalter.uz iltimosiga binoan “Yangi texnologiyalar” IAMning Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar yagona elektron katalogini shakllantirish boʻlimi boshligʻi Orif ABDURAHMONOV tushuntirdi:

– Zoodoʻkon ishlab chiqaruvchidan uy hayvonlari uchun 15, 20 yoki 25 kg dan firma qadogʻiga qadoqlangan ozuqani xarid qiladi, deb faraz qilaylik. Lekin xaridorlar butun qadoqni kam hollarda olishadi, odatda ogʻirligi boʻyicha sotib olishadi.
Misol uchun, “MXIK 02309001001012001 – Ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari (barcha turdagi) Dog Chow itlar uchun tovuqli, 14 kg” ozuqa mavjud. MXIKga dona oʻlchov birligi biriktirilgan, sababi tovar 14 kg li iste’mol qadogʻida sotiladi va shtrix-kodga ega. Doʻkon tasnif.soliq.uzda 500 va 1 000 g dan tovar qadogʻini yaratib, vazifani hal qilishga harakat qildi. Ammo tizim mazkur MXIK uchun faqat tashqi va tashish qadogʻini shakllantirish mumkin degan xabar chiqardi.
Ya’ni dastur mavjud qadoqlarni ancha yiriklariga birlashtirgan holda yiriklashishga imkon beradi. Masalan – 5, 10 va hokazodan iborat bloklarni shakllantirish mumkin. Bu tovar avvalboshdan 14 kg li iste’mol qadogʻiga egaligi tufayli shunday sodir boʻladi.
Nima qilish kerak
Eng avvalo, MXIK 02309001001012001 MXIK oʻz shtrix-kodiga ega boʻlgan barcha tovarlarga berilgan maqbullashtirishga qadar joriy etilganligiga e’tibor bering. Ammo hozir qoidalar oʻzgardi: identifikatsiyalovchi MXIK faqat majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarga berilmoqda. Barcha qolganlar oltita nol bilan tugaydigan bazaviy MXIK oladi.
Bazaviy MXIK bilan ishlab chiqaruvchida hamda doʻkonda bunday muammolar yuzaga kelmaydi. Ishlab chiqaruvchi 14 kg li iste’mol qadogʻini shakllantirish va tovarni shunday tarzda sotishga haqlidir. Doʻkon esa biriktirilgan oʻlchov birliklari orasida grammni hamda kilogrammni topadi. Qadoqni ochib, tortib sotishi mumkin.
Agar ishlab chiqaruvchi tovarni identifikatsiyalovchi MXIK bilan sotgan boʻlsa
Agar klassifikatorda mazkur tovarga identifikatsiyalovchi hamda bazaviy MXIK mavjud boʻlsa – siz ularning istalganidan foydalanishingiz mumkin.
Doʻkon xuddi shu ozuqani bazaviy MXIK “Ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari (barcha turdagi)” bilan sotishga haqlidir. Mazkur MXIK “gramm” va “kilogramm” biriktirilgan oʻlchov birliklariga ega.
Oleg GAYeVOY tayyorladi