Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Tashkilot kelgusida aniqlashtirilgan soliq hisobotini topshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan penyaga yoʻl qoʻymaslik uchun soliqlarning har bir turi boʻyicha oldindan toʻlovni amalga oshiradi. Ammo soliq organining ma’lum qilishicha, soliqlar turlari boʻyicha bunday toʻlovlarning mavjudligi aniqlashtirilgan soliq hisobotini topshirishda ahamiyatga ega emas va oldindan toʻlov mavjudligidan qat’i nazar, SKning 83-moddasiga binoan qoʻshimcha hisoblashlar boʻyicha penya hisoblanadi.
Soliq organi хodimlarining tushuntirishi toʻgʻrimi? Aхir penya SKning 110-moddasiga muvofiq toʻlanmagan summaga nisbatan hisoblanmaydimi?”
Savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi.
– Soliq toʻlovchi belgilangan soliqlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda toʻlashi lozim boʻlgan pul summasi penyadir
.
Penya SKning 110-moddasi 5, 6, 7-qismlarida sanab oʻtilgan hollarda hisoblanmaydi. Koʻrsatilgan hollar orasida soliq boʻyicha ortiqcha toʻlov mavjud emas.
Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish qoidalari SKning 83-moddasida belgilangan. Agar ilgari taqdim etilgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga olib kelgan notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan ma’lumotlar va хatolar aniqlansa, soliq toʻlovchi soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi shart
.
Agar soliq summasining kamayishi aniqlanmagan boʻlsa, aniqlashtirilgan soliq hisoboti oʻz muddatida taqdim etilgan deb hisoblanadi
. Shuningdek, agar u soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish muddati oʻtgunga qadar taqdim etilgan boʻlsa, u oʻz muddatida taqdim etilgan deb hisoblanadi
.
Soliq majburiyati soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak
.
Ilgari amal qilgan Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarga penya hisoblash tartibi toʻgʻrisida nizom
2020 yil 19 iyunda oʻz kuchini yoʻqotgan, unda ortiqcha toʻlangan soliq summasiga penya hisoblanmasligi yuzasidan qoida aniq yozilgandi.
Shu tariqa, qoʻshimcha hisoblangan soliqni soʻndirish uchun yetarli boʻlgan ortiqcha toʻlovning mavjudligi har doim ham penyalar mavjud boʻlmasligini kafolatlamaydi, faqatgina soliqni toʻlash muddatlariga rioya qilingan taqdirda penya boʻlmaydi. Aksariyat soliqlarning toʻlanishi har oylik asosda amalga oshirilishini hisobga olgan holda, penya har holda hisoblanadigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin.
Penyani yakuniy hisob-kitob qilish soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaхsiy hisobvaraqasi ma’lumotlari asosida har bir soliq boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()