Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (21.07.2023 yildagi 305-son VMQ).
Yangiliklar bilan oʻz vaqtida tanishish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Hujjatga asosan – subsidiya oluvchilar – pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalar. Subsidiya 2026 yil 1 yanvarga qadar korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 000 soʻm miqdorida ajratiladi.
Bunday korхonalarning manzilli roʻyхati tasdiqlash uchun quyidagi muddatlarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etiladi:
- birinchi va ikkinchi mavsumlar uchun – yilning 20 mayiga qadar;
- uchinchi va toʻrtinchi mavsumlar uchun –20 avgustiga qadar.
Qoʻmita roʻyхatni olgandan keyin 10 ish kunida pul mablagʻlarini subsidiya oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Agar subsidiya olgan korхona ipak qurti urugʻini shartnoma asosida sotib olgan boʻlsa, bu holda u mazkur pul mablagʻlarini 10 ish kunida mahsulot yetkazib beruvchi kompaniyaga oʻtkazib berishi shart.
Subsidiya oluvchilar pilla boquvchilarga yetkazib bergan ipak qurti urugʻi hajmlari hamda mablagʻlarning ishlatilishi toʻgʻrisida Nizomda keltirilgan shakl boʻyicha yilning 1 iyuliga qadar va 1 sentyabriga qadar hisobot berishi kerak. Foydalanilmagan mablagʻlar qaytarilishi lozim.
Qoʻmita ajratilgan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yil yakuniga qadar e’lon qilib borishi shart.
![]()