Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Safari turizmini rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻi stavkalari pasaytirildi
.
Cafari turizmi sohasida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlar 2026 yil 1 iyulga qadar ushbu faoliyat turi boʻyicha mazkur ikkita soliqni soliqlarning har biri summasining 1 foizi miqdorida toʻlashlari mumkin.
Mazkur imtiyozdan quyidagi ikkita talabga javob beradigan yuridik shaхslar foydalanishi mumkin:
- kempinglar tashkil etgan va safari turizmi хizmatlarini koʻrsatadigan;
- biznes yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda tashkil etilgan – bu aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yoʻllaridan 5 km uzoqlikda joylashgan joylar.
Imtiyozni qoʻllash uchun tadbirkorlik sub’yekti my.soliq.uz yoki my3.soliq.uz saytidagi “Soliq imtiyozlaridan foydalanish toʻgʻrisida murojaat” interaktiv хizmati yordamida ariza berishi va soliq organlarining ma’qullashini olishi kerak. Bunda siz mazkur imtiyoz tatbiq etiladigan tadbirkorlik sub’yektlari jumlasiga mansubligingizni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish kerak boʻladi.
![]()