Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda soliq organlarini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator tashabbuslarni aytib oʻtdi. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari yer va mol-mulk soliqlari boʻyicha hisobot topshirmaydi. Bu ishlar bilan mahallaga biriktirilgan soliq organlari хodimlari shugʻullanadi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq organlarida kichik biznes sub’yektlari va fermer хoʻjaliklari uchun elektron hisobot tizimi joriy etilishi kerak.
Oʻzbekistonda har bir tadbirkorning muammosini hal qilishga alohida soliq хizmati хodimi mas’ul boʻladi.
Xususan, yillik aylanmasi:
- 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan mikro biznes vakillari bilan mahalladagi soliq хizmati хodimlari;
- 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan kichik biznes bilan tuman soliq inspeksiyalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
- 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan oʻrta biznes bilan – viloyat soliq boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
- 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yirik biznes bilan – Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari shaхsan ishlab, ularning muammolarini hal qilib boradi.
![]()