Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Toshkent shahrida uchinchi marta buхgalterlar, auditorlar va moliyachilar uchun “Expert” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Mazkur oʻyin nafaqat koʻngilochar tadbir hisoblanadi, balki professional ravishda oʻsish imkonini beradi.
Oʻyinning muallifi va tashkilotchisi Elvira Jiltsovaning soʻzlariga koʻra, uning asosiy maqsadi – ishtirokchilarga oʻzini professional hamjamiyatning bir boʻlagi deb his etish, buхgalterning yuqori malakasini qadrlashni tushunish imkonini berish sanaladi. Oʻyinda oʻz bilimlari bilan boʻlishish va bir-biriga yordam berishga tayyor boʻlgan, moliya va buхgalteriya dunyosiga qiziqqan odamlar uchrashishdi. Ular topshiriqlarni yechishdi, ma’lumotlarni tahlil qilishdi, soliqlarni hisoblab chiqarishdi va moliyaviy qarorlar qabul qilishdi.
Oʻyinning har bir darajasi ijodiylik, mantiq va aniqlikni talab qildi. E’tiborlilik, strategik mushohada yuritish, har tomonlama oʻylangan qarorlar qabul qilishni bilish – bu “Expert” rivojlantiradigan koʻnikmalar. Hamfikrlar bilan muloqot qilish va oʻyin formatidagi amaliyot yangi gʻoyalarni topish, tanqidiy mushohada yuritishni rivojlantirish va jamoada ishlashga oʻrganishga yordam beradi.
Ishtirokchilar professional faoliyatning murakkab masalalarida yordam berishga tayyor boʻlgan ekspertlar bilan tanishishdi. Chunonchi, “Expert” yordamida professional ravishda rivojlanish va yangi ishchanlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish mumkin.
Shaffof tarzda hakamlik qilishni hakamlar hay’ati – professional hamjamiyatning yetakchilari Gulnora Ergasheva va Fotima Abdurahmonova ta’minlashdi. Iroda Abbosхonova, Aziz Hoshimov, Dildora Hakimova, Zoir Ahmedov, Valeriya Salaхutdinova, Rustam Qoraboyev, Asqar Ismoilov tadbir mehmonlari boʻlishdi.
Tadbir quyidagilar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi: Universal Bank, Norma, Buxgalter.uz, Bemax Legal yuridik konsalting, Ergasheva Tax Protection soliq konsaltingi, ATB Consulting, Buka Fit, Family Décor, Ergo Mebel, Chapanchik, magazin Bloom, Luna beauty, Adrenalin Rush, Pepsi, Aronyx&Medi flower, Eurochistka, Epil studio.
Oʻyin qanday oʻtkazilganligini bu yerda koʻrish mumkin – https://youtu.be/H8u5dUM_LMQ.
Bizning tavsiyalarimizda siz oʻzingizning nostandart savollaringizga javoblar va yechimlarni topasiz:
![]()