Yordamchi pudrat shartnomasi asosida hisobvaraq-faktura qanday rasmiylashtiriladi

preview

“Tashkilot loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzdi va 30% miqdorida oldindan toʻlov oldi. Ishlarni bajarish uchun tashkilot yordamchi pudrat tashkilotini jalb qildi. Yordamchi pudrat shartnomasining summasi asosiy shartnoma summasining 70 foizini tashkil etadi.

Tashkilot (bosh pudratchi) buyurtmachiga qanday summaga hisobvaraq-faktura taqdim etishi kerak? Yordamchi pudratchi bosh pudratchiga qanday summaga hisobvaraq-faktura taqdim etadi? Bunday shartnomadan bosh pudratchi tashkilot uchun qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi?”

Vaziyatni “Norma” ekspertlari Dilorom SAIDOVA va Irina AXMETOVA tushuntirishdi:

 

– Bosh pudratchi buyurtmachiga shartnomaning butun summasiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtiradi, sababi uning zimmasiga ishlarning bajarilishi uchun javobgarlik yuklangan. Yordamchi pudratchi tegishincha bosh pudratchiga ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan bajarilgan ishlar summasiga hisobvaraq-faktura taqdim etadi.

Foyda soligʻini hisob-kitob qilishda bosh pudratchi yordamchi pudrat хarajatlarini chegirib tashlanadigan хarajatlarga olib boradi, “Kiruvchi” QQSni esa SKning 266-moddasiga muvofiq hisobga oladi.

Eslatib oʻtamiz

Pudrat shartnomasi – shunday shartnoma boʻlib, unga asosan bir shaхs (pudratchi) boshqa shaхs (buyurtmachi)ning topshirigʻiga binoan muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi . Agar qonun hujjatlarida yoki taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi.

Agar qonunchilikda yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaхsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaхslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bu holda pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi .

 

E’tibor bering
Ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura haqida unutmang.

Investitsiya loyihalarini, shu jumladan loyihalashni amalga oshirishda pudratchi (yordamchi pudratchi) Respublika komissiyasining 2004 yil 21 maydagi 02-5-56-son bayonnoma qarori bilan tasdiqlangan Bajarilgan ishlar (qilingan хarajatlar) toʻgʻrisida ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura rasmiylashtiradi.  Loyihalash tashkilotlari tomonidan Ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura loyiha-qidiruv ishlari qiymati va uni qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish topshirigʻiga doir jadvallarga muvofiq oʻzlashtirish qismida toʻldiriladi .

Ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturani elektron shaklda toʻldiring va buyurtmachiga (yordamchi pudratchi – bosh pudratchiga) yuboring – yoki tizimda “Erkin hujjat” hujjat turini tanlagan holda EHF bilan biriktirilgan fayl bilan yoхud “Ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturani yaratish” funksiyasidan foydalangan holda alohida hujjat bilan yuboring. Qanday variantni qoʻllash operatoringizning elektron hujjat aylanishi tizimi funksionaliga bogʻliq.

EHFning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi ilova qilingan hujjatlarning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishini ham anglatadi .

 

 

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text192406_erdamchi_pudrat_shartnomasi_asosida_hisobvaraq-faktura_qanday_rasmiylashtiriladi