Ma’muriy sudlarga qanday soliq nizolari topshiriladi

preview

2024 yil 1 yanvardan e’tiboran iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan soliq organlari ishtirokidagi ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga oʻtkaziladi. Shuningdek, soliq nizolari boʻyicha da’vo qilinadigan  muddatlar ham qisqartiriladi . Joriy qilingan yangilik haqida Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaхassislari  batafsil ma’lumot berdilar.

 

Yangiliklar bilan tezkor tarzda tanishish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Bugungi kunda iqtisodiy sudlar quyidagilar bilan bogʻliq da’volarni koʻrib chiqadilar:

  • yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarini hisob-kitob qilish;
  • moliyaviy jarimalar;
  • byudjet oldidagi qarzlarni hisoblash, majburiy undiruv choralari;
  • toʻlovga noqobillik sababli yuzaga keladigan nizolar;
  • buzilgan huquqlarni himoya qilish yoki huquqlarga oid nizolar.

2024 yil 1 yanvardan boshlab mazkur da’volar, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar ma’muriy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab kiritilayotgan yana bir muhim oʻzgartirish – 3 yillik da’vo muddati. Soliq majburiyatiga oid huquqbuzarlik haqidagi da’voni taqdim qilish mumkin boʻlgan vaqt 5 yildan 3 yilgacha qisqartirilmoqda.

 

Manba

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text193119_mamuriy_sudlarga_qanday_soliq_nizolari_topshiriladi