Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2023 yil sentyabr oyidan boshlab EHFdagi 7-«QQS stavkasi» ustuni va 8-«QQS summasi» ustunini toʻldirish qoidalari oʻzgardi. Bu oʻzgarishlar tovarlarini diskont va chegirmalar bilan realizatsiya qiluvchilarda qiyinchilik tugʻdirdi. Chegirmalar aylanmaga qoʻshila boshladi.
Oʻz mijozlari bilan ishlash paytida bu qiyinchiliklarni yengishga muvaffaq boʻlgan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxgalter.uz iltimosiga koʻra oʻz tajribasi bilan boʻlishdi:
Oʻzgarishlar mohiyati
– Oldin bunday boʻlgan: imtiyozli tovar boʻyicha EHF shakllantirilganida dastur avtomatik ravishda 7-ustunda – «QQSsiz», 8-ustunda esa «0»ni chiqarib berardi. Nol stavkadagi QQS boʻyicha soliq solinadigan хizmatlar boʻyicha (masalan, хalqaro tashuvlar) EHF shakllantirilganida esa 8-ustunda ham «0» aks ettirilgan.
Yangilik joriy qilinganidan keyin bunday boʻldi:
- Imtiyozli tovar boʻlsa – 7-ustunda «QQSsiz» tanlanganidan soʻng 8-ustunda avtomatik ravishda QQSsiz chiqib keladi;
- nol stavka boʻyicha soliq solinadigan aylanma boʻlsa – 7-ustunda «0 %» tanlanganidan soʻng 8-ustunda avtomatik ravishda 0 % chiqib keladi;
- QQS solinadigan aylanma boʻlsa – 7-ustunda «12 %» tanlanganidan soʻng 8-ustunda avtomatik ravishda QQS summasi hisob-kitob qilinadi.
Yangilikning bu qismini soliq toʻlovchilar asosan EHF operatorlarining yordami bilan uddaladilar. Buni ustunlarda paydo boʻluvchi yordamchi soʻzlardagi oʻzgarishlardan ham bilib olish mumkin edi.
Imtiyozli tovar uchun chegirmalarni aks ettirish
Ehtimol qandaydir teхnik sabablarga koʻra EHFni toʻldirishdagi oʻzgarishlar imtiyozli tovar uchun taqdim etilayotgan diskontlar va chegirmalarni hisobvaraq-fakturalarda aks ettirishdagi oʻzgarishlarga olib kelgandir. Xususan, bunday muammoga farmatsevtik kompaniyalar duch keldi.
Sentyabr oyiga qadar farmkompaniyalar diskont va chegirmalarni alohida satr bilan aks ettirishgan, bu chegirma MXIKga ega boʻlib, QQS hisoblanmagan. Endi bunday chegirmalar allanechuk 0% stavka boʻyicha soliq solinadigan chegirma sifatida aylanmaga kiritilib, hisobotni buzib koʻrsatmoqda va QQSni mutanosib usulda hisobga olish usuliga olib kelmoqda.
Ammo yana bir bor ta’kidlab oʻtmoqchiman: kiritilayotgan oʻzgartirishlar odatiy amaliyotni oʻzgartirayotgan boʻlsa Soliq qoʻmitasi bilan unga qarashli rouming-operatorning rasmiy tushuntirishlari e’lon qilinishi shart, shunda soliq toʻlovchilarda toʻgʻri ish qilayotgani haqida ishonch paydo boʻladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()