Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Buxgalter.uzda tanlangan materiallarning shaхsiy toʻplamini qanday yaratish mumkin
Avtorizatsiya qilingan foydalanuvchilar uchun Buxgalter.uz yanada qulay boʻldi. Endi siz oʻzingizga eng zarur boʻlgan materiallar toʻplamini yaratishingiz va kerak boʻlganda ularni har safar tez ochishingiz mumkin.
Siz tomondan talab qilingan materialni qidirishda qulaylik uchun saytimizda «Tanlanganga qoʻshish» funksiyasi va shaхsiy kabinetda «Tanlanganlar» jildi paydo boʻldi. Siz ushbu jildga Buxgalter Pro maslahatlari, tavsiyalari, shakllar, Ma’lumotnoma materiallarini qoʻshishingiz mumkin.
Tanlangan materiallarning shaхsiy toʻplamini qanday yaratish mumkin
- Material ostida oʻngda joylashgan «Tanlanganga qoʻshish»ga bosing.
- Shakl bilan darcha ochiladi. Siz shunchaki «Hujjatni saqlash»ga bosishingiz mumkin va u «Mening hujjatlarim» jildida «Tanlanganlar»da saqlanadi. «Mening hujjatlarim» dastlabki holatda yaratilgan.
Katta qulaylik uchun materiallarni jildlar boʻyicha ajratish mumkin. Buning uchun shakl bilan darcha ochilganda «Jildni yaratish»ga bosing. Kursorni «Yangi jild nomi» satriga olib keling va oʻzingiz belgilagan nomni kiriting. «Jildni yaratish va hujjatni saqlash»ga bosing. Shu tarzda siz oʻzingizga kerakli miqdorda jildlarni yaratishingiz mumkin.
Keyinchalik siz hujjatni saqlash chogʻida uni tanlagan holda ushbu jildga boshqa materiallarni ham qoʻshishingiz mumkin.
❖
Yangi funksiya bilan qanday ishlash haqida videoyoʻriqnomani koʻring.
«Tanlangan»dagi shaхsiy toʻplamingizdan qanday foydalanishingiz mumkin
Saytning yuqori oʻng burchagidagi oʻz familiyangiz, ismingiz, sharifingizga bosing va chiqib keladigan roʻyхatdan «Tanlangan»ni tanlang. Siz uchun jildlar («Mening hujjatlarim» va siz tomondan yaratilgan jildlar) ochiladi. Koʻrish va unga joylashtirilgan materiallarni ochish uchun jildlarga bosing. Havolalar boʻyicha oʻting va foydalaning!
Siz tanlangan toʻplamingizdan materiallar va butun jildlarni olib tashlagan holda uni dolzarb holatda saqlashingiz mumkin. Tanlangandan olib tashlash oson – keraksiz material roʻparasidagi «qoʻshuv» belgisiga bosing.
Buxgalter.uz bilan birga qoling. Biz avvalgidek siz uchun foydali boʻlishga intilamiz!
Yangi 2024 yilda esa foydalanish yanada qulay boʻladi.
![]()