Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Kameral soliq tekshiruvi boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin
2023 yil 28 dekabrdagi 891-son Qonunga koʻra soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirib (boʻlib-boʻlib toʻlash) toʻlash shartlari oʻzgardi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliq summalarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Endilikda qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va moliyaviy sanksiyalarni boʻlib-boʻlib toʻlashga – soliq organining qarori kuchga kirgan kundan boshlab 6 oy mobaynida teng ulushlarda – faqat soliq auditi natijalariga koʻra yoʻl qoʻyiladi
.
Qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) uchun soliq toʻlovchi soliqni hisobga olish joyi boʻyicha soliq organiga хabarnoma yuborishi kerak. Bunda Markaziy bankning kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davrida amal qilgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va moliyaviy sanksiyalar boʻyicha qarz summasiga foiz hisoblanadi.
.
Tekshirishlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni toʻlash tartibidagi ushbu oʻzgarishlar Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da nazarda tutilgan
.
Buxgalter PROda – Soliq kodeksiga 2024 yilda kiritilgan barcha oʻzgartirishlar.
![]()