Soliqlarni qanday qilib xatosiz toʻlash mumkin

preview

Soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlariga soliq toʻlashda xatolarga qanday qilib yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida xabar yubordi. Ushbu maslahat soliq summalarini toʻgʻri schyotlarga oʻtkazishga va soliqlarni toʻlashni kechiktirganlik uchun penyadan qutulib qolishga yordam beradi.

 

Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

Amaliyotda soliq toʻlovchilar koʻpincha soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini rasmiylashtira turib gʻaznachilik schyotlarini koʻrsatishda xatoga yoʻl qoʻyishadi. Natijada schyotga kelib tushishi kerak boʻlgan pul yoʻqolib qoladi, axborot tizimlari esa bunday vaziyatni soliq qarzdorligi sifatida  belgilaydi va kechikkanlik uchun Soliq kodeksining 110-moddasiga muvofiq penya hisoblaydi.

Bunday vaziyatga, odatda, soliqlarni my3.soliq.uz sayti orqali emas, balki bank va boshqa xizmatlar orqali toʻlaydigan soliq toʻlovchilar tushishadi.  

Vaziyatdan kelib chiqib xatoni tuzatish har xil boʻladi. Shunday qilib, masalan, agar siz shunchaki toʻlanayotgan soliq schyotlarini adashtirib yuborsangiz, pulni schyotdan schyotga oʻtkazish mumkin. Ammo qarzdorlik davri uchun hisoblangan penyalarni baribir toʻlashga toʻgʻri keladi.

Soliq qoʻmitasi, agar soliq toʻlashda my3.soliq.uz saytida «Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash» va «Filiallar yoki alohida boʻlinmalar uchun soliq va yigʻimlarni toʻlash» interaktiv xizmatlaridan foydalanilsa, bunday xato va koʻngilsizliklar ehtimoli keskin kamayishiga e’tibor qaratmoqda.

Boshqalardan farqli oʻlaroq, ushbu servislarda soliq toʻlovchiga toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda avtomatik ravishda toʻgʻri schyotlar taklif etiladi, bu esa ehtimoliy xatolarning oldini oladi.

Idora byudjet tashkilotlariga soliq toʻlovlarini amalga oshirishdan avval har bir soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida koʻrsatilgan gʻaznachilik schyotlarining toʻgʻriligini tekshirishni tavsiya qiladi.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish /oz/publish/doc/text195797_soliqlarni_hatosiz_qanday_tulash_mumkin