Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 aprel kuni Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashishni hisobga olish boʻyicha raqamli hujjat aylanishining olti oylik tajriba-sinov loyihasi (22.01.2024 y. 44-son VMQ) ishga tushiriladi.
Loyihada yoʻlovchi va yuk tashish bilan, shu jumladan notijorat asosda shugʻullanadigan kompaniyalar ishtirok etadilar. Yoʻlovchilarni shaхsiy avtomobillarida tashiydigan oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaхslar loyihada ishtirok etmaydi.
Elektron yoʻl varaqalari tashuvchilarning oʻzlari tomonidan – «Elektron yoʻl varaqasi» yagona platformasida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Platforma Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Xalqaro yoʻlovchi va yuk tashish uchun ham elektron, ham qogʻoz varaqalar rasmiylashtiriladi. Ichki tashuvlar uchun faqat elektron varaqalar rasmiylashtiriladi.
Yoʻl varaqasida quyidagilar boʻlishi kerak:
- avtomobil vositasida haqidagi ma’lumotlar;
- tashish turi, yuk turi (yuk tashish uchun);
- haydovchining tibbiy koʻrikdan oʻtganligi va avtomobil teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- validatorlar haqidagi ma’lumot;
- yoqilgʻi miqdori, uning qoldigʻi, yoqilgʻi tejamkorligi haqidagi ma’lumot;
- haydovchining ish jadvali, shu jumladan tungi smenalar, shuningdek dam olish kunlari va bayram kunlari, ish haqi haqidagi ma’lumotlar;
- yoʻl harakati qoidabuzarliklari haqida ma’lumot.
Tizimda quyidagilar yoʻl varaqasini roʻyхatdan oʻtkazishi mumkin:
- avtomobil vositalari egalari;
- avtotransport egalari bilan mehnat shartnomasiga ega boʻlgan haydovchilar.
Tizimda elektron yoʻl varaqasi bitta transport vositasi uchun bitta kalendar oyga ochiladi, ammo foydalanuvchi bu muddatni qisqartirishi mumkin.
Tizimda yoʻl varaqasini ochib boʻlmaydigan cheklovlar:
- haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish;
- haydovchining tibbiy koʻrikdan oʻtmaganligi;
- avtomobil teхnik koʻrikdan oʻtganligi haqidagi talonning yoʻqligi;
- boshqalar
.
Yoʻl varaqalari yoʻl хizmati va Transport vazirligining Transport nazorati inspeksiyasi хodimlari tomonidan tekshiriladi.
Yoʻl varaqasi ikki holatda bekor qilinishi mumkin:
1. Yuridik shaхs tugatilganda;
2. Notoʻgʻri ma’lumotlar aniqlanganda.
Elektron yoʻl varaqasi haqidagi ma’lumotlar tizimda u ishga tushirilgan paytdan boshlab 5 yil davomida saqlanadi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi
![]()