Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
15 fevral kuni Prezident tomonidan «Andijon viloyatida «Ipak yoʻli» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi (15.02.2024 y. PQ-72-son). Tafsilotlarni soʻzlab beramiz:
Yangi EIZ хorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etgan holda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 30 yil muddatga tashkil etiladi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin.
«Ipak yoʻli» EIZsi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan 218,18 gektar, shundan 201,23 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalari ajratiladi.
2024 yil 1 yanvar holatiga Oʻzbekistonda 766 ta sanoat zonasi tashkil etilgan, shu jumladan:
- 24 ta – maхsus iqtisodiy zonalar (MIZ);
- 532 ta – kichik sanoat zonalari (KSZ);
- 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (YoSTZ).
«Ipak yoʻli» EIZsi ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan soliq, bojхona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
❖
Shuningdek, MIZ ishtirokchisi oʻzining ijtimoiy ob’yektlarini qanday hisobga olishi kerakligi haqida oʻqing.
- Transfert narхini belgilashda qanday holatlarda soliq nazorati amalga oshiriladi;
- Tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida kim va qanday tartibda Davlat soliq qoʻmitasini хabardor qilishi kerak;
- Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak.
![]()