2024 yil 1 maydan minimal iste’mol хarajatlari miqdori oshiriladi

preview

Statistika agentligi 2024 yil 1 maydan boshlab minimal iste’mol хarajatlari (MIX) miqdorini bir oyga kishi boshiga 648 ming soʻm miqdorida belgiladi (2024 yil yanvar oyidan 1 mayga qadar ushbu koʻrsatkich 621 ming soʻmni tashkil etdi).

 

Yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu miqdor homiladorlik va tugʻish nafaqasining davlat tomonidan toʻlanadigan qismini hisob-kitob qilish uchun zarur.

Xususiy tashkilotlarda ishlaydigan, oхirgi 6 oy davomida uzluksiz mehnat stajiga ega boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan – MIXning 4 baravari miqdorida toʻlanadi. Nafaqaning qolgan qismini ish beruvchi Mehnat kodeksiga muvofiq oʻz hisobidan toʻlaydi.

Shu tariqa, 2024 yil 1 maydan boshlab nafaqaning davlat tomonidan toʻlanadigan qismi – 2 mln 592 ming soʻmga teng.

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text199476_2024_yil_1_maydan_minimal_istemol_harajatlari_miqdori_oshiriladi