Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi

preview

2024 yil 1 maydan boshlab yoshga doir va nogironlik boʻyicha, toʻliq boʻlmagan chogʻdagi, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi (30.04.2024 y. PF-69-son).

 

Qonun hujjatlari yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Prezidentning 30.04.2024 yildagi PF-69-son Farmoniga asosan 2024 yil 1 maydan quyidagilar belgilandi:

  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 soʻm;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 soʻm;
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000  soʻm;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 soʻm. 

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text199510_pensiya_va_nafaqalarning_eng_kam_miqdorlari_oshirildi