Dam olish uylari va zargarlik tarmogʻi uchun soliq imtiyozlari

preview

Dam olish uylari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish soliq imtiyozlariga ega boʻldi. 13.05.2024 yildagi OʻRQ-926-son Qonun bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Qonunchilik yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni import qilish QQSdan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi хizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻidan ozod qilinadi. Shuningdek, ular bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda хizmatlarni taqdim etishlari uchun endi majburiy sertifikatlashtirish talab qilinmaydi.

Qonun 14 maydan kuchga kirdi.

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text199858_dam_olish_uylari_va_zargarlik_tarmogi_uchun_soliq_imtiezlari