Moliyaviy hisobot tuzish tartibida nimalar oʻzgaradi

preview

Iqtisodiyot va moliya vazirining “Moliyaviy hisobotlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi. Qabul qilingan taqdirda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi. Unda BHMS va MHXS boʻyicha hisobot shakllari mavjud.

 

Materiallarimizni telegram-kanalda kuzatib boring.

 

MHXS

Nizomga 5-ilovada MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllari keltirilgan. MHXSni qoʻllaydigan buхgalteriya hisobi sub’yektlari oʻzining veb-saytida e’lon qiladigan moliyaviy hisobotlarining shakllarini hisob siyosati bilan belgilashga haqli (Nizomning 17-b.).

 

BHMS

Nizomga 1-ilovada BHMS boʻyicha moliyaviy hisobot shakllari keltirilgan. Shakllarning tarkibi va mazmuni oʻzgarmagan.

 

Taqdim etish muddatlari

Buхgalteriya hisobi sub’yektlari faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishadi. Uni taqdim etishning yagona muddatlari belgilangan (Nizomning 10-b.):

  • MHXS boʻyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay;
  • BHMS boʻyicha – hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay. Ilgari buхgalteriya hisobi sub’yektining toifasiga qarab ushbu muddat 15 fevral, 15 mart yoki 25 mart boʻlgan .

 

E’tibor bering

Moliyaviy hisobotning shakllarini toʻldirish boʻyicha tushuntirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak (Nizomning 16-b.).

 

Yangi Moliyaviy hisobotlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning joriy etilishi bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotadi:

  • Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizom ;
  • Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 27.12.2002 yildagi “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 140-son buyrugʻi .

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text199987_moliyaviy_hisobot_tuzish_tartibida_nimalar_uzgaradi