Qurbon hayitida necha kun dam olamiz

preview

Qurbon hayiti 16 yoki 17 iyunga toʻgʻri kelishidan qat’i nazar, oʻzbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam olishadi. 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa – hatto 4 kun ketma-ket dam olishadi.

 

Materiallarimizni telegram-kanalda kuzatib boring.

 

2024 yil 16 iyun kuni bayram kuni deb e’lon qilinsa:

  • 15 iyun, shanba – 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni; 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuni;
  • 16 iyun, yakshanba – dam olish kuni Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuniga toʻgʻri keladi;
  • 17 iyun, dushanba – MKning 208-moddasi 2-qismiga asosan dam olish kuni va bayram kuni bir-biriga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni;
  • 18 iyun, seshanba – Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-son Farmoniga asosan Qurbon hayitiga qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.

 

2024 yil 17 iyun kuni bayram kuni deb e’lon qilinsa:

  • 15 iyun, shanba – 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kuni; 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun ish kuni;
  • 16 iyun, yakshanba – dam olish kuni;
  • 17 iyun, dushanba – dam olish kuni Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni – ishlanmaydigan bayram kuni;
  • 18 iyun, seshanba – Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-son Farmoniga asosan Qurbon hayitiga qoʻshimcha ishlanmaydigan kun.

Qoʻshimcha dam olish kuni ishlab berilmaydi.

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text200516_qurbon_hayitida_necha_kun_dam_olamiz