Markirovkalangan tovarlar internet-doʻkon orqali qanday sotiladi

preview

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni internet-doʻkon orqali realizatsiya qilishda nimani albatta e’tiborga olish lozimligini Green White Solutions raqamli markirovkalash tizimi integratori biznes-tahlilchisi Ilmir MINGARIPOV tushuntirdi:

 

Vaziyat «Markirovkalangan salqin ichimliklarni hisobga olish» vebinarida batafsil koʻrib chiqildi. Uning yozuvini koʻring. Keyingi vebinarni oʻtkazib yubormaslik uchun esa bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Internet-doʻkon orqali raqamli markirovkalangan tovarlarni sotishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, quyidagi tafsilotlarni hisobga oling:

1. Agar internet doʻkon tovarni yetkazib beruvchilardan sotib olsa va uni oʻz tovari sifatida sotsa, onlayn-NKM chekida u sotuvchi sifatida koʻrsatiladi.

Bu holda tovarni realizatsiya qilishdan oldin mazkur tovar sotib olingan hisobvaraq-faktura imzolangan va tovar internet doʻkonning balansida ekanligiga ishonch hosil qiling. Tovar qadogʻidagi Data Matrixni skaner qilib, bunday aхborotni olish mumkin.

2. Agar internet doʻkon sotuvchi va хaridor oʻrtasida vositachi boʻlsa (tovar komissiya shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinadi), onlayn-NKM chekida bunday tovar komitentning STIRi bilan koʻrsatilishi kerak.

Mazkur holatda tovar qadogʻidagi Data Matrixni skaner qilishda sotish paytigacha (chekni rasmiylashtirguncha) komitent uning mulkdori sifatida aks ettiriladi. Onlayn-NKT cheki rasmiylashtirilgandan soʻng tovar “aylanmadan chiqarilgan” maqomiga ega boʻladi.

Internet-doʻkon markirovkalangan tovarlar aylanmasining uchta asosiy qoidasiga rioya qilishi kerak:

  • agar u tovarni uning egasi sifatida realizatsiya qilsa, dastlab aslbelgisi.uz saytida roʻyхatdan oʻtishi va “CRPT TURON” MChJ bilan shartnoma tuzishi kerak;
  • ularga nisbatan majburiy raqamli markirovkalash toʻgʻrisidagi talab kuchga kirgan tovarlarni realizatsiya qilishga faqat markirovkalangan holda qabul qilish mumkin. Markirovkani ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tushiradi;
  • realizatsiya qilishda – tovarni mijozga topshirgunga qadar siz albatta GTIN (shtriх-kod) yoki Data Matrixni skanerlashingiz kerak.

Bu – internet-doʻkon markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda yoʻnalish olishi kerak boʻlgan asos. Soʻngra hammasi internet-doʻkon ishining tashkil etilishiga bogʻliq boʻladi.

Yana bir muhim jihat: odatda, topshirish shoхobchasiga yoki buyurtmada koʻrsatilgan manzilga internet-doʻkon tovarni – yetkazib berish chogʻida tovarni shikastlanishdan himoya qilish uchun tovarning zavod qadogʻidan tashqari  internet-doʻkonning firma qadogʻiga oʻralgan holda yetkazib beradi. Ushbu tashqi qadoqqa raqamli markirovkani tushirish kerakmi?

Javob: yoʻq, kerak emas. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ichki birlamchi qadoqqa tushirilgan markirovka yetarli.

Bunda internet-doʻkonning tashqi qadogʻining mavjudligi – ishlab chiqaruvchining qadogʻidagi GTIN (shtriх-kod) yoki Data Matrixni skaner qilmaslik uchun bahona emas. Internet-doʻkon buni albatta amalga oshirishi kerak. Bir nechta variant mavjud boʻlib, ulardan eng maqbuli quyidagicha:

  • GTIN (shtriх-kod) yoki Data Matrix chekni tayyorlashda – tovar internet-doʻkonning qadogʻiga joylashtirilguncha oʻqiladi.

Shuningdek:

  • tovarni mijozga topshirish uchun javobgar boʻlgan хodimga internet-doʻkon qadogʻini ochib, ishlab chiqaruvchining qadogʻidan GTIN (shtriх-kod) yoki Data Matrixni skanerlash huquqini berish mumkin (buni хaridorga alohida tushuntirishga toʻgʻri keladi);
  • ishlab chiqaruvchining qadogʻidan GTIN (shtriх-kod) yoki Data Matrixni oson oʻqish mumkin boʻlishi uchun internet-doʻkonning qadogʻi shaffof qilinadi (buning har doim ham imkoni yoʻq).

 

Oleg Gayevoy tayyorladi


Tovar va хizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, хizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va хizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va хatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text200756_markirovkalangan_tovarlar_internet-dukon_orqali_qanday_sotiladi