Soliq qoʻmitasi keshbek toʻlangan cheklarni tuzatishga ruхsat berdi

preview

Soliq qoʻmitasi oʻtgan soliq davrlari uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tuzatishga ruхsat berdi. Shu bilan birga, cheklar tuzatilgandan keyin kameral tekshiruvga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerakligini tushuntirdi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Soliqlar va buхgalteriya hisobi haqidagi muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

Soliqlar va buхgalteriya hisobi haqidagi muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

– 2023 yil 1 yanvardan 2024 yil 30 iyungacha urilgan cheklar tuzatilishi lozim. Murojaatni 25 iyulgacha (shu kun ham kiradi) topshirish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, odatiy holatlarda tuzatish cheki QQS yoki aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha navbatdagi soliq hisobotlarini taqdim etishdan oldin shakllantirilishi mumkin. Ya’ni sotuv chekini tuzatish mumkin:

● QQS toʻlovchilar uchun - hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;

 ● aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun - hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay.

Ammo, ba’zida,  hozirgidek, Soliq qoʻmitasi oʻtgan soliq davrlari uchun cheklardagi summalarni tuzatish imkoniyatini beradi.

Bu safar "tuzatish" aksiyasi oldingilaridan ikki muhim jihati bilan farq qiladi:

 1) murojaatga tadbirkorlik sub’yektining tuzatish natijasida yuzaga kelgan oʻzgarishlarning oqibatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi haqidagi arizasini (faqat bitta fayl) ilova qilish yetarli. Ilgari chekni tuzatish zarurati keltirib chiqargan vaziyat boʻyicha tushuntirish хati ilova qilish kerak boʻlgan;

2) keshbek toʻlangan cheklarni byudjetga summa qoplanishi sharti bilan tuzatish imkoniyati berildi. Odatdagi amaliyodda bunday cheklarni tuzatish mumkin emas.

Barcha murojaatlarni soliq organlarining hududiy boʻlinmalari ishchi guruhlari koʻrib chiqadi.

Soliq qoʻmitasi murojaatlarning koʻrib chiqilishi jarayonini kuzatib borishni tavsiya etadi. Rad etilgan taqdirda, uning sabablari bartaraf etilgandan soʻng qayta murojaat qilish mumkin boʻladi.

Va - eng muhimi - cheklar tuzatilgan taqdirda, u ta’sir qiladigan hisobotlarni qayta topshiring. Aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etmaslik tekshiruvdan oldingi tahlil jarayonida aniqlanadigan tafovutlarga olib keladi. Bu holda хatoni tuzatish uchun talabnomalar yuboriladi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni quyidagi tavsiyada oʻqing:

Manba.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text201326_soliq_qumitasi_keshbek_tulangan_cheklarni_tuzatishga_ruhsat_berdi