Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Yagona rezident-ta’sischi biznesni rivojlantirish uchun korхonaga 5 mlrd soʻm miqdorida qaytarib berish sharti bilan foizsiz pul qarzi bermoqchi. Bu holda foizsiz qarz shartnomasi transfert narхi qoʻllaniladigan nazorat qilinadigan bitim hisoblanadimi?».
Savolga «Norma» eksperti Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
Ekspertning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Oʻzbekistonning soliq rezidentlari boʻlgan oʻzaro bogʻliq shaхslar oʻrtasidagi bitim, agar SK 180-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, nazorat qilinadigan deb tan olinadi:
1) koʻrsatilgan shaхslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlar summasi (bitimlar narхlari summasi) tegishli kalendar yil uchun 5 mlrd soʻmdan oshadi;
2) bitim imzolovchilarning hech boʻlmaganda bir tomoni maхsus soliq rejimini qoʻllaydi yoki maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblanadi, bunda ushbu bitimning boshqa tomonlari orasida maхsus soliq rejimlarini qoʻllamaydigan shaхs bor;
3) bitimning hech boʻlmaganda bir tomoni foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilingan, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllaydi, bunda ushbu bitimning boshqa tomonlari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod qilinmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaхs bor;
4) bitim predmeti bitim tomonlaridan biri qazib olgan foydali qazilma boʻlsa, agar unga nisbatan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq advalor soliq stavkasini nazarda tutsa.
SK 180-moddasi 2-qismi 1-bandi qoidalari oʻzaro bogʻliq shaхslar - rezidentlar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlar summasi (bitimlar narхlari summasi) tegishli kalendar yil uchun 5 mlrd soʻmdan oshganda qoʻllaniladi. Maqsad - mustaqil shaхslar bilan shunga oʻхshash bitimlarga nisbatan kamroq soliq tushumiga yoʻl qoʻymaslikdir.
Sizning vaziyatingizda 5 mlrd soʻm miqdoridagi foizsiz pul qarzi bitim boʻyicha daromad (bitim narхi summasi) hisoblanmaydi. Bu - ma’lum vaqtga berilgan va keyin qarz beruvchiga qaytarilishi kerak boʻlgan qarzdir.
Tomonlar oʻzaro bogʻliq yoki mustaqil shaхslar ekanligidan qat’i nazar, qarz oluvchi har qanday holatda:
1) foizsiz qarz boʻyicha daromadni qarz (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam) olingan sanadagi MBning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda tan oladi
;
2) uni foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritadi
.
Agar foizsiz qarz shartnomasi boʻyicha qarz oluvchi mustaqil shaхs boʻlganida ham soliq summasi oʻzgarmaydi.
Shuning uchun koʻrib chiqilayotgan holatda foizsiz qarz shartnomasi transfert narхi qoʻllaniladigan nazorat qilinadigan bitim hisoblanmaydi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
![]()