9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Umumiy ovqatlanish korxonasi taom tayyorlash uchun markirovkalangan tovarlardan foydalansa
«Biz taom tayyorlash uchun ingrediyent sifatida markirovkalangan tovarlardan foydalanamiz. «Asl belgisi» tizimida nima qilishimiz kerak?»
«Norma» PRMning «Tovarlarni raqamli markirovkalashga oid savollar va javoblar» vebinarida umumiy ovqatlanish korxonalari vakillarining savollariga «Asl belgisi» MAT operatorining rivojlanish boʻyicha direktori Fazliddin SAYDULLAYeV javob berdi:
Ekspertning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Korxona yoki yakka tartibdagi tadbirkor - Oʻzbekistonning soliq rezidentlari markirovkalangan mahsulotni muomalaga kiritsa, muomalada ishtirok etsa va (yoki) uni muomaladan chiqarsa, ular majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar muomalasi ishtirokchilari hisoblanadi va bu bilan bogʻliq ma’lum majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
31.12.2020 yildagi VMQ-833-sonli qarorga 1-ilova 4-bandidagi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bundan istisno:
- mahsulotni sotish maqsadida emas, balki xarid qiluvchilar;
- agentlik shartnomasi va (yoki) vositachilik shartnomasi doirasida mahsulotni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchilar;
- bunday mahsulotni namunalar boʻyicha yoki masofaviy usulda sotishda pochta xizmatlarini koʻrsatuvchilar. Shu jumladan - logistika, birja va elektron tijorat xizmatlari, qayta sotishga tayyorlash, yigʻish va qadoqlash, mahsulotni sotuvchi nomidan yakuniy iste’molchiga yetkazib berishni tashkil etish xizmatlari, bunda bir vaqtning oʻzida topshirilgan mahsulot yoki koʻrsatilgan xizmat uchun pul mablagʻlarini qabul qilish bilan.
Agar umumiy ovqatlanish korxonasi spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va salqin ichimliklarni - markirovkalangan mahsulotlarni - oʻz mijozlariga qayta sotish yoki taom tayyorlash uchun, ya’ni keyinchalik sotish uchun xarid qilsa, u bunday tovarlar muomalasi ishtirokchisi hisoblanadi. Bu - mahsulot muomaladan chiqariladigan zanjirning oxirgi boʻgʻini.
Korxona bu holda «Asl belgisi» bilan shartnoma tuzishi va aslbelgisi.uz saytida roʻyxatdan oʻtishi shart. Shuningdek, u oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bunday tovarlar bilan ishlash uchun jihozlar, shu jumladan 2D-skanerlar xarid qilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda:
Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan barcha tovarlarni EHF boʻyicha kirim qiling. Agar bu - alkogolli va tamaki mahsulotlari boʻlsa, hisob-fakturalarda raqamli markirovka kodlari albatta koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Alyuminiy idishda boʻlmagan salqin ichimliklar uchun raqamli markirovka kodlarini qoʻyish 2024 yil 1 noyabrdan boshlab majburiy boʻladi. Sizga yordam uchun:
Markirovkalangan tovarni muomaladan qanday chiqarish kerak
Umumiy ovqatlanish korxonasi markirovkalangan tovarni butun qadoqda sotsa, masalan, sigaret qutisi, spirtli ichimlik shishasi, bunday tovarni sotganda siz raqamli markirovka haqida belgi qoʻyilgan onlayn-NKT chekini berishga majbursiz. Buning uchun cheklarni shakllantirishda qadoqdagi Data Matrix kodini skanerlash zarur. Batafsil ma’lumot:
Agar korxona majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarni taom tayyorlashda ishlatsa yoki quyib sotsa, uni aslbelgisi.uz saytidagi shaxsiy kabinetning maxsus funksionali yordamida oʻz ehtiyojlari uchun ishlatilgan sifatida muomaladan chiqarish kerak. Hisobotga hisobdan chiqarish dalolatnomasini ilova qiling va ishlatilgan qadoqlardan raqamli markirovka kodlarini koʻrsating. Batafsil ma’lumotni bu yerda oʻqing:
Raqamli markirovka haqidagi dolzarb savollarga yana koʻproq javoblarni «Tovarlarni raqamli markirovkalashga oid savollar va javoblar» vebinarini koʻrib topishingiz mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi