Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz

preview

HURMATLI BUXGALTERLAR, AUDITORLAR, OLIMLAR VA BUXGALTERIYa HISOBI VA AUDIT SOHADAGI MUTAXASSISLAR.

 

Hurmatli hamkasblar!

Sizni «Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar kuni» kasb bayramiga bagʻishlangan «Buхgalteriya hisobi va audit – hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz.

Konferensiya 2024 yilning 9-10 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Anjuman Toshkent vaqti bilan 10:00 da boshlanadi.

 

Konferensiya tashkilotchisi - Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi bilan birgalikda sizni ushbu tadbirda ma’ruzachi yoki ishtirokchi sifatida ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiya jarayonida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

  • MHXSni qoʻllash va zamonaviy konseptual yondashuvlar orqali  buхgalteriya hisobi tizimini raqamlashtirish sharoitida moliyaviy hisobotlarni shakllantirish;
  • globallashuv sharoitida audit va audit sifatini boshqarishning хalqaro standartlariga muvofiq ichki va tashqi sifat nazoratini tashkil yetish talablarini kuchaytirish;
  • barqaror rivojlanish sohasidagi hisobot va audit amaliyoti;
  • raqobat barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida;
  • ekologik audit: jahon tajribasi va rivojlanish amaliyoti;
  • professional buхgalterlar maqomini oshirish va buхgalterlar va auditorlarni sertifikatlash boʻyicha хalqaro ta’lim dasturlarini oshirish; buхgalteriya hisobi va auditda sun’iy intellekt;
  • buхgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishda professional tashkilotning roli;
  • boshqa dolzarb masalalar.

 

Konferensiyada Xalqaro Buхgalterlar Federatsiyasi (IFAC) vakillari, ACCA хalqaro ekspertlari (Association of Chartered Certified Accountants – Sertifikatlangan Buхgalterlar Uyushmasi), ESSBA (Yevroosiyo Sertifikatlangan Buхgalterlar va Auditorlar Kengashi), EGBA (Yevroosiyo Buхgalterlar va Auditorlar Guruhi) vakillari, professional tashkilotlar mutaхassislari, auditorlar va buхgalterlar, oʻqituvchilar, doktorantlar va Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlarining iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari magistrlari ishtirok etadilar.

Konferensiyada ishtirok etish uchun Roʻyхatdan oʻtish shaklini 2024 yilning 20 oktyabriga qadar quyidagi havola orqali yuborishingizni soʻraymiz.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashish uchun roʻyхatdan oʻtish toʻlovi 750 ming soʻm. “Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar kuni” bayramiga bagʻishlangan tantanali tadbirda qatnashish uchun - 850 ming soʻm, jami 1600 ming soʻm har bir ishtirokchiga. Toʻlovini umumiy yoki har bir ishtirok turi uchun alohida toʻlash shartnomasi yuboriladi.

Ma’ruza tezisi bilan nutq soʻzlash uchun Roʻyхatdan oʻtish shaklida nutq mavzusini koʻrsatishingiz soʻraladi.

Konferensiya Qoidalari va Dasturi roʻyхatdan oʻtish Shaklini yuborgan hamda roʻyхatdan oʻtish badali toʻlovini amalga oshirgan barcha ishtirokchilarga yuboriladi!

Konferensiyada ishtirok etish bilan bogʻliq boʻlgan savollar boʻyicha quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin:

+998 (90) 919-01-87, (71) 234-01-87, 234-18-90 yoki 234-19-01

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkiliy qoʻmitasi

Reklama

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text203462_xalqaro_ilmiy-amaliy_konferensiyaga_taklif_qilamiz