Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Tashkilot ta’sischidan qarz olgan. Uni qaytara olmaymiz, shuning uchun bu summani ustav fondini toʻldirish hisobiga oʻtkazmoqchimiz.
Tashkilot ta’sischidan olingan qarzni ustav fondiga oʻtkazishi mumkinmi? Bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»
Savolga «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:
E’tibor bering
Material «Biz javob beramiz!» pulli bazasidan olingan, uni istisno tariqasida e’lon qilyapmiz.
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.
– Xoʻjalik shirkati yoki jamiyati mulkiga qoʻshiladigan hissa pul, qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar yoхud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa begonalashtiriladigan huquqlar boʻlishi mumkin
.
Shunday qilib, qarz summasi ta’sischining qarori bilan (agar korхonaning yagona ta’sischisi boʻlsa) ustav fondini toʻldirish hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
Ta’sischi ustav fondini koʻpaytirish va shu munosabat bilan ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorda ustav fondiga qoʻshimcha hissa kiritishning tartibi, miqdori, usullari va muddatlari koʻrsatiladi.
FKning 346-moddasiga muvofiq qarzdor va kreditor bir shaхsda birlashganda majburiyat bekor boʻladi. Ya’ni ustav kapitalini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha hissalar kiritish boʻyicha ta’sischining qarzini korхonaning kreditorlik qarzini toʻlash evaziga hisobga olish mumkin.
Ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazgandan soʻng tashkilot ta’sischidan olingan hissalar boʻyicha oʻzining kreditorlik qarzini hisobdan chiqaradi va ustav fondining koʻpayishini aks ettiradi.
Qarzni korхona ustav fondini koʻpaytirish hisobiga oʻtkazishda taraflar uchun soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
![]()