Oʻzboshimchalik bilan qurilgan binoni ustav fondiga qanday kiritish mumkin

preview

«Korxonaning koʻchmas mulkini inventarizatsiya qilish jarayonida kadastr organi oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni (donni saqlash uchun bunkerlar) aniqladi. Bu ob’yektlar muassislarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan qurilgan. Hozirgi vaqtda ushbu koʻchmas mulkni keyinchalik kadastr organida roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar ishlab chiqilmoqda.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan koʻchmas mulk qonuniy roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, uning qiymatini muassislarning hissasi sifatida korxonaning ustav fondiga kiritish mumkinmi? Ularni muassislarning hissasi sifatida kirim qilishda qanday soliq oqibatlari (foyda soligʻi va QQS boʻyicha) yuzaga kelishi mumkin?»

Vaziyatni «Norma» eksperti, «Biz javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi:

E’tibor bering

Material «Biz javob beramiz!» pullik bazasidan olingan, uni istisno tariqasida e’lon qilmoqdamiz.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasini toʻliq koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro'ga obuna boʻling.

 

– Agar koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi muassislarga rasmiylashtirilsa, ular koʻchmas mulkni korxonaning ustav fondiga hissa sifatida kiritishga haqli.

Agar muassislar jismoniy shaxslar boʻlsa, koʻchmas mulkni ustav fondiga hissa sifatida oʻtkazishning soliq oqibatlari haqida bu yerda oʻqing.

Muassislar yuridik shaxslar boʻlsa, koʻchmas mulk ob’yektlarini ustav fondiga hissa sifatida oʻtkazish tovarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma hisoblanadi va QQSga tortiladi . Ular QQS bilan EHF taqdim etishlari kerak. Agar korxona koʻchmas mulk ob’yektlaridan QQSga tortiladigan aylanmalar uchun foydalansa, u kiruvchi soliq summalarini hisobga olish huquqiga ega .

Agar koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr hujjatlari va demak, mulk huquqi ham birdaniga korxonaga rasmiylashtirilsa, muassislar ularni ustav fondiga hissa sifatida kiritolmaydilar. Bunday holda korxonada tekin olingan mulk koʻrinishida daromad yuzaga keladi. U foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladi .

 

 

 

 

Xususiy kapital Xususiy kapital Xususiy kapital /oz/publish/doc/text203530_uzboshimchalik_bilan_qurilgan_binoni_ustav_fondiga_qanday_kiritish_mumkin