Turistik yigʻim summalarini soliqqa tortish kerakmi

preview

«Mehmonxonaga joylashayotgan fuqarolar turistik yigʻimni toʻlashlari shart. Turistik yigʻimning buxgalteriya hisobi qanday yuritiladi, u soliqqa tortiladimi?»

Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Biz javob beramiz!» pullik bazasidan olingan boʻlib, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasini toʻliq koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro ga obuna boʻling.

 

– Turistik (mehmonxona) yigʻimini toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimini undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Turistik (mehmonxona) yigʻimi summalari korxonaning tushumi (foydasi) deb hisoblanmaydi .

Shuningdek, jismoniy shaxslardan undirilgan va toʻlangan yigʻim summalari korxona xarajatlari hisoblanmaydi.

Shu sababli, turistik yigʻim QQS, foyda soligʻi yoki aylanmadan olinadigan soliqqa tortilmaydi.

Oʻtkazmalar:

Xoʻjalik operatsiyasi mazmuni

Dt

Kt

Korxonaning maxsus hisobraqamiga yigʻim summasi kelib tushdi

5530 «Boshqa maxsus hisobraqamlar»

6990 «Boshqa majburiyatlar»

Sayyohlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobraqamiga yigʻim summasi oʻtkazildi

6990 «Boshqa majburiyatlar»

5530 «Boshqa maxsus hisobraqamlar»

 

Bu haqda batafsil quyidagi tavsiyada oʻqing:

 

 

 

Turizm Turizm Turizm /oz/publish/doc/text203851_turistik_yigim_summalarini_soliqqa_tortish_kerakmi