Texnopark Direksiyasiga jami daromadning 2 foizini kim toʻlaydi

preview

«15.07.2019 yildagi 589-son VMQga ilovadaning 18-bandida Texnopark rezidenti hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay har oyda Direksiyaning talab qilib olinguncha depozit hisobraqamiga jami daromadning 1 foizi miqdorida ajratmalar oʻtkazishi lozimligi belgilangan. Bunda kalendar yili davomida jami daromad 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlganda, agar xizmatlar (tovarlar) eksportidan tushgan daromadlar chorak yakuni boʻyicha 2024 yil 1 oktyabrdan – jami daromadning 10 foiziga, 2026 yil 1 yanvardan – 20 foiziga va 2027 yil 1 yanvardan – 35 foiziga yetmasa, ushbu davr uchun ajratmalar miqdori 2 foiz etib belgilanadi. Texnopark rezidenti aynan qaysi holatlarda Direksiyaga jami daromadning 2 foizi miqdorida ajratmalar toʻlashini aniqlashtirib bersangiz?»

Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

Material «Javob beramiz!» pulli bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.

 

– Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parkini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi 5-xatboshisida Texnopark rezidentining Texnopark Direksiyasining talab qilib olinguncha depozit hisobraqamiga ajratmalar oʻtkazish majburiyati belgilangan. Ularni toʻlamaslik Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish asoslaridan biri hisoblanadi .

Ajratmalar miqdori 1 foizni tashkil etadi. Ammo agar kalendar yili davomida jami daromad 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlganda, xizmatlar (tovarlar) eksportidan tushgan daromadlar chorak yakuni boʻyicha jami daromadning ma’lum ulushiga (2024 yil 1 oktyabrdan – 10 foiziga, 2026 yil 1 yanvardan – 20 foiziga, 2027 yil 1 yanvardan – 35 foiziga) yetmasa, Texnopark rezidenti Direksiyaga oʻzining jami daromadining 2 foizini toʻlashi shart.

Tegishincha, agar kalendar yili davomida jami daromad 100 mlrd soʻm va undan yuqori boʻlganda siz yuqorida aytilgan chegaraviy qiymatlarga yetgan yoki oshgan boʻlsangiz, Direksiyaga 1 foiz toʻlang.

Agar kalendar yili davomida jami daromad 100 mlrd soʻmga yetmasa, rezident tovarlar (xizmatlar) eksportidan tushgan daromadlarning jami daromaddagi ulushidan qat’i nazar 1 foiz miqdorida ajratmalar toʻlaydi.

 

 

 

 

Boshqa operatsion xarajatlar Boshqa operatsion xarajatlar Boshqa operatsion xarajatlar /oz/publish/doc/text203896_tehnopark_direkciyasiga_jami_daromadning_2_foizini_kim_tulaydi