Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojxonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi

preview

«Korxona 2024 yil oktyabrda import shartnomasi tuzdi va birinchi partiya tovarni import qildi. QQS bojxonada toʻliq toʻlandi. Lekin QQS toʻlovchi guvohnomasini faqat 2024 yil 21 noyabrda oldi. Bu holda oktyabrda import qilingan tovarlar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkinmi?»

Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma»eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining hammasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– Tovarlarni import qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:

1) aylanmadan soliq toʻlashlari mumkin emas ;

2) import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan – qaysi sana oldinroq kelishiga qarab, oʻsha sanadan boshlab QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadilar .

Koʻrib chiqilayotgan holda korxona import shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab QQS toʻlovchisiga aylanadi.

Soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazilmagan va soliq toʻlovchi guvohnomasiga ega boʻlmagan QQS toʻlovchilar olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliqni hisobga olish huquqisiz QQS toʻlaydilar .

Ularning xaridorlari (buyurtmachilari) ham yetkazib beruvchida QQS toʻlovchi guvohnomasi boʻlmagan davrda amalda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQSni hisobga qabul qilishga haqli emas  .

 

 

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text204957_tulovchi_guvohnomasini_olishdan_oldin_bojhonada_tulangan_qqsni_hisobga_olish_mumkinmi