9 oyni xatolarsiz yopamiz:
25.10.2024 yildagi VMQ-706-son 13-bandiga muvofiq autstaffing shartnomasi boʻyicha ba’zi turdagi ishlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qanday ishlar haqida gap ketayotgooani sizni qiziqtiradimi? Ob’yektlar va uskunalardagi qanday turdagi ishlar xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar (uskunalar)ga, shu jumladan portlash-yongʻin xavfi boʻlgan, agressiv yoki radioaktiv xavfli uskunalar jumlasiga kiritilgan?
Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi, yurist Nurali NURMUHAMEDOV javob berdi:
E’tibor bering
Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
– Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlariga quyidagilar
:
1) quyidagi xavfli moddalarni ishlatadigan, ishlab chiqaradigan, qayta ishlaydigan, hosil qiladigan, saqlaydigan, tashiydigan, yoʻq qiladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish ob’yektlari kiradi:
- portlash-yongʻin xavfli muhitni hosil qila oladigan moddalar;
- tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir qilish darajasi boʻyicha I, II va III xavf sinflariga (oʻta xavfli, yuqori xavfli va oʻrtacha xavfli) mansub zararli moddalar;
- muayyan turdagi tashqi ta’sir koʻrsatilganda issiqlik ajralib chiqishi va gazlar hosil boʻlishi bilan juda tez oʻz-oʻzidan tarqaladigan kimyoviy oʻzgarishga qodir boʻlgan portlovchi moddalar;
- inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfli konsentratsiyalarda moddalar tutgan ishlab chiqarish chiqindilari;
2) 0,07 MPa dan yuqori bosimda yoki ish suyuqligining normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan yuqori haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan;
3) statsionar oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan;
4) qora va rangli metallar quymalari hamda shu quymalar asosidagi qotishmalar olinadigan;
5) kon ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitlarida ishlar olib boriladigan.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari xavflilik darajasiga koʻra toifalarga boʻlinadi. Yuqori xavfli ob’yektlar – bu birinchi turdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari boʻlib, ularda xavfli moddalar chegaraviy normalarga teng yoki ulardan oshadigan miqdorlarda ishlatiladi, ishlab chiqariladi, qayta ishlanadi, hosil qilinadi, saqlanadi, tashiladi, yoʻq qilinadi
.
Qonun hujjatlariga muvofiq yuqori xavf darajali ob’yektlar (uskunalar), shu jumladan portlash va yongʻin xavfli, agressiv va (yoki) radioaktiv xavfli uskunalar sifatida tasniflangan ob’yektlar va uskunalarda autstaffing shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish mumkin emas
. Mos ravishda autstaffing shartnomasini tuzishda:
1) qabul qiluvchi tashkilotdan ob’yekt birinchi turdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlariga kirmasligini aniqlashtirish;
2) uning turi koʻrsatilgan ob’yektning identifikatsiya varagʻi bilan tanishish kerak.
Tavsiya qilamiz:
![]()