Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekiston moliya mutaxassislari assotsiatsiyasi (ACFP) sizni moliyaviy-iqtisodiy fanlar va huquq boʻyicha oʻqituvchi sifatida akkreditatsiyadan oʻtishga taklif qiladi.
Agar siz allaqachon dars berayotgan boʻlsangiz va yangi darajaga chiqmoqchi boʻlsangiz yoki soliqlar yoki buxgalteriya boʻyicha qimmatli tajribaga ega boʻlib, bilimlaringizni ulashishni boshlamoqchi boʻlsangiz – bu sizning imkoniyatingiz!
Akkreditatsiya uchun muvaffaqiyatli ariza nima beradi?
Malakangizni oshirish uchun imtiyozli shartlar;
Oʻqitish metodikasi boʻyicha bepul kurs;
Siz va tinglovchilaringiz uchun oʻquv materiallaridan bepul foydalanish (videoma’ruzalar, ma’ruza konspektlari, testlar, keyslar);
ACFP orqali ta’lim xizmatlaringizni ilgari surish;
Oʻquv markazlari va xususiy mijozlarga tavsiyalar;
Korporativ mijozlarga tavsiyalar.
Nima qilish kerak:
1. Arizani toʻldiring.
2. ACFP tasdigʻini oling.
3. Siz oʻqitadigan fan boʻyicha kursni oʻtang.
4. Oʻqitish metodologiyasi boʻyicha bepul onlayn-treningni oʻtang.
5. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻting.
6. Akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchi maqomini oling.
ACFP akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchilar va ularning tinglovchilariga oʻquv materiallaridan bepul foydalanish imkonini beradi, oʻqituvchilarga xususiy va korporativ mijozlarni topishga yordam beradi.
Nima uchun ACFP?
Bu – malaka dasturlari moliya, hisob va audit sohasidagi mutaxassislarning global Assotsiatsiyasi – ACCA tomonidan tan olingan Yevrosiyodagi yagona professional tashkilot.
Ariza topshiring va akkreditatsiyadan oʻtgan professional oʻqituvchilar hamjamiyatining bir qismiga aylaning!
Akkreditatsiyadan oʻtish uchun ariza >>>
Akkreditatsiya haqida batafsil >>>
Reklama
![]()