Elektromobillarni quvvatlash boʻyicha vositachilik xizmatlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish

preview

«Kompaniya elektromobillar va boshqa elektr avtomototransport vositalarini quvvatlash xizmatlarini koʻrsatadi. Toʻlovni vositachilik tashkiloti - toʻlov tizimlari orqali toʻlovlarni qabul qilish (ekvayring) tashkilotchisi orqali oladi. Bunday xizmatni qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan aks ettirish kerak?»

Buxgalter Pro obunachisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

E’tibor bering

Material «Javob beramiz!» pullik bazasidan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro'ga kirish huquqini rasmiylashtiring.

 

– Koʻrib chiqilayotgan holatda vositachi tashkilot ma’lum bir haq evaziga plastik kartalar orqali toʻlov tizimlari (ekvayring ) vositasida elektron toʻlovlarni qabul qilish jarayonini tashkil etadi.

Elektromobillarni quvvatlash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonadagi xizmatlar boʻyicha barcha ma’lumotlarni qayd etuvchi oʻz billingi boʻlishi kerak. Korxona daromadni billing ma’lumotlaridan kelib chiqib aks ettiradi. Buxgalteriya oʻtkazmalari quyidagicha boʻladi:

№

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Dt

Kt

1

Korxona billingi ma’lumotlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan daromad tan olindi

4890

9030

4890

6410

2

Vositachi tashkilot komissiyasini chegirib tashlagan holda tushum kelib tushdi

5110

4890

3

Vositachi tashkilot xizmatlari boʻyicha xarajatlar aks ettirildi

9410

4890

 

 

 

 

Oʻzaro hisob kitoblar Oʻzaro hisob kitoblar Oʻzaro hisob kitoblar /oz/publish/doc/text205757_elektromobillarni_quvvatlash_buyicha_vositachilik_hizmatlarini_buhgalteriya_hisobida_aks_ettirish