Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar хorijda ishlab chiqarilgan etil spirtidan foydalana olmaydi. Bu yangi Iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan (29.01.2025 y. VMQ-45-son qarorga 1-ilova). Tafsilotlar norma.uz portalida keltirilgan.
Oʻzgartirishlar 2025 yil 1 maydan boshlab kuchga kiradi:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Nizomda quyidagi tartib nazarda tutiladi:
- ishlab chiqarilgan iste’mol va teхnik etil spirti va alkogol mahsulotlarini hisobga olish;
- iste’mol va teхnik etil spirti va alkogolli mahsulotlarni saqlash, tashish va ulgurji sotishni hisobga olish;
- iste’mol va teхnik etil spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotish ustidan nazorat qilish;
- alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari boʻyicha hisobotlar.
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda iste’mol etil spirti va chet elda ishlab chiqarilgan teхnik etil spirtidan foydalanishga taqiq joriy etiladi (29.01.2025 y. VMQ-45-son qarorga 1-ilova 8-b.).
Agar ishlab chiqaruvchilardan import qilinadigan iste’mol etil spirti topilsa va undan alkogol mahsuloti ishlab chiqarilganligi fakti aniqlansa, spirt va alkogol mahsulotlari davlat daromadiga oʻtkaziladi.
Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
1) iste’mol va teхnik etil spirti, shuningdek alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar;
2) teхnik reglamentda oziq-ovqat va teхnik etil spirti hamda alkogolli mahsulotlar uchun nazarda tutilgan mahsulot.
Manbaga qarang.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Alkogolsiz ichimliklarni va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday hisoblanadi;
- Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlar qanday toʻlanadi;
- Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak;
- Aksiz soligʻini qanday hisoblash kerak?
![]()