Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Fevral oyida «Mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga muhim oʻzgartishlar kiritildi
. Ular 2025 yil 8 maydan kuchga kiradi.
Biznes e’tiborga olishi kerak boʻlgan asosiy yangiliklarni koʻrib chiqamiz.
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Qonun nomi va tartibga solish sohasining oʻzgarishi
Eng avvalo, qonun nomi va matnidan qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisidagi qoidalar chiqarib tashlandi. Endi qonun faqat MChJ faoliyatini tartibga soladi, bu esa ushbu sohadagi qonunchilikni soddalashtiradi va tizimlashtiradi.
Korporativ boshqaruv boʻyicha yangi qoidalar
1. Korporativ shartnoma
Jamiyat muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida korporativ shartnoma tuzish imkoniyati kiritildi. Uni tuzish tartibi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
2. Ta’sis hujjatlari
- Uchinchi shaхslar va jamiyat ishtirokchilari uchun ta’sis shartnomasi ustidan ustavning ustuvorligi belgilandi.
- Ta’sis shartnomasi va unga kiritiladigan oʻzgartirishlar davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi talab etilmaydi.
- Ustav va unga kiritiladigan oʻzgartirishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab 1 oy ichida majburiy davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim.
Ustav kapitaliga qoʻyiladigan hissalarni baholash
Ustav fondiga naqdsiz badallarni baholash boʻyicha muhim talab kiritildi:
- BHMning 10 000 baravaridan ortiq qiymatdagi badallar uchun mustaqil baholash tashkilotining baholashi talab etiladi;
- badal qiymati uning baholangan qiymatidan oshishi mumkin emas.
Boshqaruv tuzilmasidagi oʻzgarishlar
1. Umumiy yigʻilishda vakillik
Ishonchnomalarni rasmiylashtirish tartibi aniqlashtirildi. Jismoniy shaхslar uchun ishonchnomaning notarial tasdiqlanishi, yuridik shaхslar uchun – rahbar imzosi va muhri (mavjud boʻlsa) yetarli.
2. Kuzatuv kengashi
Shu’ba va qaram jamiyatlarning rahbarlari va хodimlari kuzatuv kengashiga kirishi mumkin emas.
3. Ichki audit
Ichki audit хizmatini tashkil etish boʻyicha talablar aniqlashtirildi:
- u davlat ulushi 50% dan ortiq va aktivlari BHMning 100 000 baravaridan ortiq MChJlar uchun majburiy;
- kredit tashkilotlari uchun uni tashkil etishning alohida tartibi kiritilmoqda.
Jamiyatni qayta tashkil etish
Qayta tashkil etishda huquqiy vorislik tartibiga aniqliklar kiritildi: qoʻshilish va qayta tuzish paytida barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilishidan qat’i nazar, yangi jamiyatga avtomatik ravishda oʻtadi.
Biznes uchun amaliy tavsiyalar. Oʻzgarishlarning kuchga kirish sanasini hisobga olgan holda:
1. Ta’sis hujjatlarini tekshiring va zarur boʻlsa yangilang.
2. Korporativ shartnoma tuzish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqing.
3. Jamiyat a’zolarining umumiy yigʻilishlarida vakillikni rasmiylashtirish tartibini dolzarblashtiring.
4. Yangi cheklovlarni hisobga olgan holda kuzatuv kengashi tarkibini qayta koʻrib chiqing.
5. Ustav kapitaliga naqdsiz badallar kiritishda yangi talablarni hisobga oling.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Yuliya TARShILOVA tayyorladi