Balansdan tashqari hisobvaraqlarda asosiy vositalar hisobini qanday yuritish kerak

01.01.2026
author avatar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxassislari

Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati boʻlimi
author avatar

Oleg SOY

«Norma» eksperti

Tavsiyada:

– asosiy vositalarni balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olish holatlari;
– balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadigan asosiy vositalarni hujjatlashtirish;
– balansdan tashqari hisobvaraqlarda asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi.

 

E’tibor bering

Tavsiyaga 2025 yil 1 yanvardan kuchga kirgan yangi 21-son BHMSga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan.

Qanday holatlarda asosiy vositalar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi 

Tashkilotga tegishli asosiy vositalarni (AV) 0100-balans hisobvaragʻida hisobga oling.

Biroq ayrim holatlarda mulkni quyidagi balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olish zarur:

 

Hisobvaraq 

  raqami 

Hisobvaraq nomi

Hisobvaraq ta’rifi

001 

Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar

Korxona tomonidan operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan .

Ijaraga olingan AV ijara shartnomasida koʻrsatilgan bahoda hisobga olinadi.

Analitik hisob ijaraga beruvchilar va ob’yektlar (ijaraga beruvchining inventar raqamlari) boʻyicha yuritiladi.

Operativ ijara boʻyicha batafsil tavsiyada oʻqing.

002 

Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar

Mas’ul saqlashga qabul qilingan TMZ mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan .

TMZ qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi.

Analitik hisob korxonalar boʻyicha, turlari va navi hamda saqlash joyi boʻyicha yuritiladi.

005 

Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar

Pudratchi korxonalar tomonidan montaj uchun buyurtmachidan olingan barcha turdagi uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan. Ushbu schyotdan pudratchi korxonalar foydalanadi .

Uskuna buyurtmachi tomonidan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan bahoda hisobga olinadi.

Analitik hisob alohida ob’yektlar yoki agregatlar boʻyicha yuritiladi.

010

Moliyaviy ijara shartnomasi

boʻyicha berilgan asosiy vositalar

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan .

Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan AV ijara muddatining tugashi munosabati bilan egasiga qaytarilganda yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarib olingan yoki shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.

Analitik hisob ijara shartnomasi boʻyicha berilgan har bir AV boʻyicha alohida inventar kartochkalari boʻyicha yuritiladi.

Moliyaviy ijara boʻyicha batafsil bu yerda oʻqing.

011 

Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk

Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan .

Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklar shartnoma muddati tugashi bilan egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi.

Analitik hisob ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulkning har bir ob’yekti boʻyicha yuritiladi.

015 

Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)

shartnomasi boʻyicha olingan mulk

Birgalikdagi faoliyat ishonchli vakilida oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi ishtirokchilariga tegishli boʻlgan va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun olingan, mol-mulkning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun moʻljallangan .

Mol-mulk oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi ishtirokchilaridan oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha olingan mol-mulk egasiga qaytarilayotganda hisobdan chiqariladi.

Analitik hisob oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi ishtirokchilariga tegishli boʻlgan har bir mulk ob’yekti boʻyicha yuritiladi.

Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadigan asosiy vositalarni qanday hujjatli rasmiylashtirish mumkin

Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadigan AVni quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiring:

 

Hisobvaraq raqami 

Hisobvaraq nomi 

Rasmiylashtiriladigan hujjatlar

001 

Operativ ijara boʻyicha olingan asosiy vositalar

002 

Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar

005 

Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar

010

Moliyaviy ijara shartnomasi

boʻyicha berilgan asosiy vositalar

011 

Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk

015 

Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat)

shartnomasi boʻyicha olingan mulk

 Asosiy vositalarning balansdan tashqari hisobini qanday yuritish kerak

Balansdan tashqari hisobvaraqlardagi AV hisobini ikkiyoqlama yozuvni qoʻllamagan holda oddiy tizim boʻyicha yuriting.

Balansdan tashqari hisobvaraqning debeti boʻyicha mulkning kelib tushishini, krediti boʻyicha esa mulkning hisobdan chiqarilishini aks ettiring.

Misol
Operativ ijara boʻyicha olingan AVni hisobga olish
Tashkilot operativ ijara shartnomasi boʻyicha 10 oy muddatga avtomobil oldi. Avtomobil qiymati shartnomada 246 mln soʻm etib belgilangan. Ijara muddati tugashi bilan avtomobil ijaraga beruvchiga qaytariladi.

Ijaraga beruvchidagi buxgalteriya oʻtkazmalari:

 

Xoʻjalik operatsiyasi 
mazmuni

Summa,
mln soʻm

Hisobvaraqlar bogʻlanishi

debet

kredit

AV ob’yekti operativ ijaraga qabul qilindi

246

001

 

Ijaraga olingan AV ob’yekti ijaraga beruvchiga qaytarilganida hisobdan chiqarildi

246

 

001


Misol
Moliyaviy ijaraga berilgan AVni hisobga olish
Tashkilot uskunani moliyaviy ijara boʻyicha 5 yil muddatga ijaraga berdi. Uskuna qiymati 152 mln soʻmni tashkil etadi. Moliyaviy ijara muddati tugashi bilan uskuna ijarachi egaligiga oʻtdi.

Ijaraga beruvchidagi buxgalteriya oʻtkazmalari (balans hisobvaraqlardagi oʻtkazmalardan tashqari):

 

Xoʻjalik operatsiyasi 
mazmuni

Summa,
mln
 soʻm

Hisobvaraqlar bogʻlanishi

debet

kredit

Moliyaviy ijaraga berilgan AV buxgalteriya hisobiga qabul qilindi

152

010


Moliyaviy ijaraga berilgan AV hisobdan chiqarildi

152


010

Misol
Ssuda shartnomasi boʻyicha tekin foydalanishga olingan AVni qanday hisobga olish kerak
Korxona ssuda shartnomasi boʻyicha boshqa korxonadan Toshkent shahrida maydoni 100 kv. m boʻlgan noturar joy binosini oldi (yer soligʻi boʻyicha 3-zona). Binoning qiymati shartnomada 300 mln soʻm miqdorida belgilangan. Shartnoma muddati tugagach, bino ssuda beruvchiga qaytarildi.
Ssuda oluvchida buxgalteriya oʻtkazmalari:
        
   

Xoʻjalik operatsiyasi
mazmuni

Summa,
mln soʻm

Hisobvaraqlar bogʻlanishi

debet

kredit

Ssuda shartnomasi boʻyicha AV ob’yekti tekin foydalanishga qabul qilindi

300

011

 

AV ob’yekti ssuda shartnomasining muddati tugagach ssuda beruvchiga qaytarildi

300

 

011

Soliq oqibatlari

QQS

Mol-mulkni tekin foydalanishga berish (bundan shunday xizmat iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno) – QQS solinadigan xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha
aylanma . Soliq bazasi xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi . Oshiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda belgilangan eng kam stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan ijara qiymatini uning oʻrniga qabul qilish mumkin.

QQS toʻlovchisi boʻlgan ssuda beruvchi ssuda oluvchiga QQSni (100 x 90 000 x 1,12) hisobga olgan holda 10 080 000 soʻm miqdorida «toʻlovsiz» turidagi
hisobvaraq-fakturani taqdim etadi.

QQS toʻlovchisi boʻlgan ssuda oluvchida «kiruvchi» soliq hisobga olinmaydi .

Foyda soligʻi

Ssuda beruvchi uchun tekin koʻrsatilgan xizmatlar qiymati va ular boʻyicha
QQS – chegirib tashlanmaydigan xarajatlar .

Ssuda oluvchi tekin olingan xizmatlardan daromadni jami daromadga kiritadi .

Aylanmadan olinadigan soliq 

Ssuda beruvchi bepul koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadni ularning tannarxi sifatida belgilaydi .

Ssuda oluvchi tekin olingan xizmatlardan daromadni jami daromadga kiritadi . U daromad summasini QQS toʻlovchisi boʻlgan ssuda beruvchi tomonidan hisoblangan QQSni hisobga olgan holda aniqlaydi (10 080 000 soʻm).

Ekspertlar oʻz nuqtai nazarlaridan kelib chiqqan holda tushuntirish berganlar, bu Sizning mustaqil qaror qabul qilishingiz uchun asos boʻladi.

Buxgalter.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling